Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
- moliyaviy rejani tuzishni
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
- Bu sahifa navigatsiya:
- mazkur keys ilmiy-uslubiy tadqiqotlari sirasiga kirib, unda qo‘yilayotgan savol va topshiriqlar syujetli tarzda tuzilgan. Keysning obekti
- moliyaviy rejani tuzishni.
Mazkur keys real xayotimizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaligi ma'lumotlari asosida ishlab chiqilgan. Keysda ishlatilgan ma'lumotlar manbai: Toshkent viloyati Parkent tumani “Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi 2008-2009 yillardagi moliyaviy xisobotlari, biznes reja hamda moliyaviy ko‘rsatkichlari asos qilib olingan. Keysni tipologik xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomasi: mazkur keys ilmiy-uslubiy tadqiqotlari sirasiga kirib, unda qo‘yilayotgan savol va topshiriqlar syujetli tarzda tuzilgan. Keysning ob'ekti sifatida yuqorida qayd etganimizdek, Parkent tumanidagi “Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi olingan. Ma'lumotlar aniqligi va ishonchliligiga to‘liq kafolat beriladi. Keys tuzilishi jixatidan o‘rta xajmdagi keys-texnologiya hisoblanadi. Didaktik maqsadlarga ko‘ra trening keys hisoblanadi, shuningdek bu keys talabalar bilimini mustaqil ta'limda tekshirish uchun belgilangan. Masalaning qo‘yilishi izchillik asosida ketma-ket tarzda tahliliy jarayonlar asosida ishlab chiqilgan. Muammoli vaziyatlarga javob izlash va yechish maqsadida nazariy bilimlar turli xildagi ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar, eslatmalar tarzida berilgan Mustaqil ta'limni keys-texnologiyasi asosida tashkil etilganda talabalarning xar bir hatti-harakati, ularning qo‘yilgan muammoga bo‘lgan qarashlari, sababiy bog‘liqlikdagi tahlillari hamda xulosalar yasashlarini kuzatish va baholash oson kechadi. Ushbu keys bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun “Loyiha tahlili”, “Horijiy investitsiyalar” “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanlarida foydalanish mumkin. I. Keys “Fermer xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish maqsadida loyihalar tuzish va maqbul bo‘lganini tanlash masalasi” KIRISh Chet el investitsiyasi va qabul qiluvchi mamlakatning manfaatlari o‘zaro mos kelgan taqdirdagina to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning muhim rag‘batlantiruvchi omili bo‘lishi mumkin. Investitsiyalar bu ikki tomonlama o‘zaro xarakat jarayonining ya'ni tadbirkor va investorning maqsad sari harakati natijasidir. Bizga ma'lumki, har kanday investitsion loyiha maqsadga yo‘naltiriladi va asosiy maqsadi foyda olish hisoblandi. Lekin loyihani makbulini tanlash uni tahlil etish va baholash asosida aniqlash mumkin. Tanlangan loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy, institutsional, tijorat, ekologik, 294 ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy tahlilni amalga oshirib loyiha bo‘yicha umumiy natija kilish mumkin. Loyiha bo‘yicha sarflangan xarajatlar daromadlar olib keladimi yo‘kmi degan savolga javob berishi lozim. Tuzilgan loyihani fermer xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyatga ega. Keys yechimi orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin: Keysda Parkent tumanida faoliyat yuritayotgan “Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligini faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar va tuzilgan bilamchi loyiha keltirilmoqda. Topshirik: 1. Fermer xo‘jaligi ma'lumotlari bo‘yicha qanday turdagi mahsulotlarni qayta ishlab chiqish lozimligini aniqlang; 2. Fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishib chiqing; 3. tuzilgan birlamchi loyihani o‘rgangan holda qayta ishlashga belgilangan mahsulot turi bo‘yicha loyiha tuzing; 4. Loyihani samaradorligini asoslab bering; 5. Texnik-iqtisodiy asosnoma bilan biznes reja farqini izohlab bering? Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling