1. “Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi to‘g‘risida ma'lumot
“Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi Toshkent viloyati Parkent tumani Changi qishloq fuqarolar
yig‘ini Olmazor mahallasida joylashgan.
Fermer xo‘jaligi Parkent tumani hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006 yil 11 yanvaridagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 255-sonli, Toshkent viloyati hokimining 2006 yil 13
yanvardagi 6-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash, tumanda yangi tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari
hamda Parkent tumani Changi shirkat xo‘jaligini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha qayta
tashkil etish komissiyasining 2006 yil 26 martdagi yig‘ilish bayoni asosida 2006 yil 13 apreldagi
Parkent tumani hokimining 277-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Fermer xo‘jaligi bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan.
“Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi sharq tomondan “G‘anixo‘ja Turopxo‘jaev” fermer xo‘jaligi,
“Abdurazzoqov Abduvahob” fermer xo‘jaligi, “Zarkent Qahramoni” agrofirmasi, janubdan “Changi
Hamkorlik” agrofirmasi, g‘arbdan “Orzimatali Qanog‘ot” fermer xo‘jaligi, shimoldan Bo‘stonliq
tumani bilan chegaradosh.
“Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligi rahbari To‘laev Nishonboy.
2. Tahlil qismi.
“Oxun To‘laev” fermer xo‘jaligida yer maydondan foydalanish tartibi 1-jadval tahlilida
berilgan bo‘lib, 2008 yillar davomida jami yer maydoni 14.8 gektarni, sug‘oriladigan yer maydoni
13.8 gektarni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktyabrdagi “Fermer xo‘jaliklari
tasarrufidagi yer uchastkalarini maqbullashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
maqsadida maxsus komissiyani tashkil qilish to‘g‘risida” gi PF-3077 farmoyishiga ko‘ra kam
rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan fermer xo‘jaliklari yerlari optimallashtirilib, yirik fermer
xo‘jaliklariga biriktirildi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |