Deklaratsiya - muayyan axborotdan tarkib topib, ma'lum qoidalarni e'lon qiluvchi bayonot,
hujjat
Demping - bozorda raqobatchilarni yengib chiqish maqsadida mollar va xizmatlar narxlarini
sun'iy ravishda pasaytirish; mollarni boshqa mamlakatda tannarxidan arzon narxda sotish.
Denominatsiya - valyutani barqarorlash-tirish va hisob-kitoblarni osonlashtirish maqsadida pul
belgilarining ko‘rsatilgan qiymatini yiriklashtirish. Bunda eski pul belgilari yangilariga almashtirib
boriladi, narx-navo va ish xaqi shunga muvofiq kayta hisoblanadi.
Denonsatsiya - shartnomadan rasmiy tarzda voz kechish, shartnomani tugatish
Depozit - 1. banklarga saqlash uchun topshirilgan pul mablag‘lari yoki kimmatli qog‘ozlar;
2. qarzdor kreditorga berib yuborish uchun sud muassasasiga ajratadigan pul summasi
yoki qimmatli kog‘ozi
Defitsit - taqchillik (tovarlar hamda xizmatlar taqchilligi) - xalq iste'mol mollari va
xizmatlarning aholi talab – ehtiyojlarini qondirish uchun yetishmasligi, ularni yetarli darajada ishlab
chiqarmas-lik, shuningdek sifatsiz va kam turda bo‘lishi. Defitsit tovarlarning vaqtincha emas, balki
muhim ravishda, surunkali yetishmay qolishi.
Deflyasiya - 1. ortiqcha qog‘oz pulni muomaladan chikarib olish yo‘li bilan pul ko‘lamini
kamaytirish;
2. pul-kredit bozoridagi narx-navoning asta-sekin pasayishi yoki ko‘tarilishi. Bu mahsulot
ishlab chiqarishning pasayishi va ishsizlikning o‘sishi bilan birga sodir bo‘ladi
Deflyator - mavjud va nominal yalpi milliy mahsulot o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatkichi. Mamlakat
iqtisodiyotidagi inflyasiyaning umumiy darajasini ko‘rsatadi.
Diler - qimmatli qog‘ozlar, mollar va valyuta oldi-sotdi bitimlarida vositachilik qiluvchi shaxs
yoki firma
Diler bank - qimmatli qog‘ozlar, mollar va valyuta oldi-sotdi bitimlarida vositachilik qilish
huquqiga ega bank.
Do'stlaringiz bilan baham: |