bo‘lish - korxona faoliyatini to‘xtatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan
korxonalarga berish;
Valyuta
diversifikatsiyasi
-
xalqaro
hisob-kitoblarni
ta'minlash
va
valyuta
tavakkalchiliklaridan himoyalash maqsadida tarkibiga turli xorijiy valyutalarni kiritish yo‘li bilan
valyuta tuzilishini tartibga solish.
Valyuta integratsiyasi - turli mamlakatlarning yagona pul-kredit siyosati asosida o‘zaro
bog‘langan holda rivojlanishi.
Valyuta intervensiyasi - markaziy bank va davlat xazinasining kreditga, qimmatli qog‘ozlarga,
milliy hamda xorijiy valyuta-larga bo‘lgan talab va taklifni tartibga solish yo‘li bilan moliya-kredit
hamda valyuta sohasiga aralashuvi
Valyuta kliringi - yetkazib berilgan mollar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymat tengligidan
kelib chikuvchi muqobil talabnoma hamda majburiyatlarni o‘zaro majburiy hisobga olish haqidagi
hukumatlararo shartnoma; tashqi savdo va boshqa mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlar shaklida
xalqaro to‘lov bi-timlari asosida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.
Valyuta laji - valyuta bozor kursining ularda qayd etilgan qiymatiga nisbatan oshib ketishi
Valyuta makleri - valyuta operatsiyalarida vositachilik bilan shug‘ullanuvchi dallol
Valyuta opsioni - shartnomaning muqobil valyuta shartlarini tanlash huquqi valyuta pariteti ikki
valyuta o‘rtasida konunan belgilanib, valyuta kursining asosi xisoblanadigan nisbat
Grant - 1. haq to‘lanadigan yoki mablag‘ bilan ta'minlanadigan ilmiy tadqikotlar uchun berilgan
davlat buyurtmasi;
2. ilmiy tadqiqotlarni, olimlarni, adabiyot va san'at asarlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
maqsadida xayriya tartibida ajratiladigan pul mablag‘lari
«Grant» atamasi inglizchadan hadya, in'om, xayr sahovat, ehson, dotatsiya, subvensiya,
reparatsiya ma'nolarini anglatadi. Moliya statistikasida grantlar – qaytarilmaydigan, beg‘araz (qop-
lanmaydigan), majburiy bo‘lmagan (muntazam bo‘lmagan, bir yo‘la subvensiya, xayr – ehson,
reparatsiya turidagi) tushumlardir. Grantlar davlat boshqaruvi sektorining boshqa muassalari, milliy
iktisodiyotning boshqa sektorlari (rezidentlar) va xorij davlatlari, xususiy kishilari va jamoa
tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar (norezidentlar) tomonidan berilishi mumkin. Bu turdagi
tushumlar davlat byudjeti defitsitini kamaytiradi, ammo defitsitni moliyalishtirmaydi.
Garov - bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni
ta'minlash uchun berishi garov hisoblanadi. Garov zakolat, ipoteka, shuningdek huquq garovi tarzida
amal qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |