Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


pullarning hozirgi qiymati va pullarning kelajakdagi qiymati


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

pullarning hozirgi qiymati va pullarning kelajakdagi qiymati.
Shunday qilib, bitta pul summasini ikkita nuqtai nazardan ko’rib chiqish mumkin: 
A) hozirgi qiymati nuqtai nazaridan 
B) kelajakdagi qiymati nuqtai nazaridan 
Ammo, kelajakdagi pullarning arifmetik qiymati har doim yuqori. 
 Foizlar nazariyasi 
Foizlar nazariyasining asosiy formulasi pullarning kelajakdagi qiymatini aniqlaydi: 
, (10.1) 
Bu yerda: P – kiritilgan pul summasining hozirgi qiymati; 
F – pullarning kelajakdagi qiymati; 
n – qo’yilma amalga oshirilayotgan vaqt davrlari soni; 
r – qo’yilmaning daromadlilik me'yori. 
Kelajakdagi muayyan pul summasining hozirgi kundagi qiymati esa (10.1) formuladan kelib 
chiqadi: 
, (10.2) 
5.3. Pullarning hozirgi va kelajakdagi qiymatini aniqlashda inflyatsiya ta'siri 
 
Investitsiyaviy amaliyotda doimiy tarzda, vaqt o’tishi bilan pul mablag`lari qiymatini 
qadrsizlantiruvchi inflyasiya omiliga duch kelinadi. Bu, o’rtacha narxlar indeksidagi inflyatsiyaviy 
o’sish, pullarning xarid qobiliyatini pasayishiga olib kelishi bilan bog`liq. 
Investitsiyalash jarayonida inflyatsiyani ta'sirini hisobga olish bilan bog`liq hisob-kitoblarda 
ikkita asosiy tushunchadan foydalaniladi: 
- pul mablag`larining nominal summasi; 
- pul mablag`larining real summasi. 
Pul mablag`larining nominal summasi pullarning xarid qobiliyati o’zgarishini hisobga olmaydi. 
Pul mablag`larining real summasi – ushbu summaning inflyatsiya jarayoni tufayli pullarning xarid 
qobiliyati o’zgarishini hisobga olgan holdagi bahosi. 
Investitsiyaviy faoliyat bilan bog`liq moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarda inflyatsiya quyidagi 
holatlarda hisobga olinadi: 
- pul oqimlarining orttirilgan qiymatini to’g`irlashda; 
- orttirish va diskontlash uchun foydalaniladigan foiz stavkasini (inflyatsiyani hisobga olgan 
holdagi) shakllantirishda; 
- inflyatsiya sur'atlarini hisobga oladigan investitsiyalar daromadi darajasini prognoz (bashorat) 
qilishda. 
Inflyatsiyani baholash jarayonida ikkita asosiy ko’rsatkichdan foydalaniladi: 
- ko’rib chiqilgan davrda narxlar darajasining o’rtacha o’sishini tavsiflovchi, o’nlik kasr bilan 
ifodalanuvchi inflyatsiya sur'ati T; 
- inflyatsiya indeksi I (iste'mol narxlari indeksining o’zgarishi), 1+T ga teng. 


172 
Inflyatsiyani hisobga olgan holda orttirilgan qiymatni to’g`irlash, quyidagi formula bo’yicha 
amalga oshiriladi: 
(10.3) 
Bu yerda: 
- pullarning real kelajakdagi qiymati; 
F
n
 – inflyatsiyani hisobga olgan holda pullarning kelajakdagi nominal qiymati. 
Bunda inflyatsiya sur'ati yillar davomida saqlanib qoladi deb nazarda tutiladi. 
Agarda r – inflyasiyani hisobga oluvchi, foizning nominal stavkasi bo’lsa, pullarning real 
summasini hisoblash quyidagi formula bo’yicha amalga oshiriladi: 
, (10.4) 
ya'ni pul mablag`larining nominal summasi, pullarning xarid qobiliyatini pasayishiga muvofiq 
(1+T)
n
marta pasayadi. 
Umumiy holatda foiz nominal stavkasini inflyatsiya sur'ati bilan nisbatini tahlil qilganda uchta 
holat yuzaga kelishi mumkin: 
1. 
r=T: pul mablag`larining real qiymatini orttirish sodir bo’lmaydi,
chunki ularning kelajkdagi qiymatining orttirilishi inflyatsiya tomonidan yo’qqa chiqariladi. 
2. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling