Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararsizlik nuqtasi
11.1-jadval
Yetkazib berish xarajatlari. Oylar Sotilgan tovarlar soni Yetkazib berish xarajati (ming so’m) Yanvar 6000 66000 Fevral 5000 65000 Mart 7000 70000 Aprel 9000 80000 May 8000 76000 Iyun 10000 85000 Iyul 12000 100000 Avgust 11000 87000 doimiy xarajatlar jami xarajatlar ishlab chiqarish hajmi 166 Ushbu ma'lumotlar 11.2-rasmdagi singari grafikka tushiriladi. 7.2-rasm. Xaqiqiy ma'lumotlar namunasi. Grafik tasvirdan kelib chiqqan holda, ushbu ma'lumotlar bo’yicha 7.1-rasmdagi kabi to’g`ri chiziq barpo etish lozim. Ushbu vazifani quyidagi uchta uslub yordamida amalga oshirish mumkin: - yuqori-quyi nuqta uslubi (High-Low Method); - grafik uslub (Scattergraph Method); - eng kichik kvadratlar uslubi (Least Squares Method). Zararsizlik nuqtasi (break-even point) quyidagicha ta'riflanishi mumkin: - tushum umumiy xarajatlarga teng bo’lgan vaziyatdagi savdo hajmi, yoki, - kiritilgan daromad doimiy xarajatlargi teng bo’lgan vaziyatdagi savdo hajmi. Zararsizlik nuqtasiga erishilgandan so’ng, har bir qo’shimcha sotilgan mahsulot birligi, ushbu mahsulot birligiga kiritilgan daromadga teng bo’lgan qo’shimcha foyda olib keladi. 3. Zararsizlik nuqtasini hisoblash. Zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun tushum balansiga asoslangan oddiy nisbatlardan foydalaniladi: Tushum q o’zgaruvchan xarajatlar Q doimiy xarajatlar Q foyda. Misol uchun boshlang`ich ma'lumotlar quyidagi ko’rinishga ega bo’lsin: (11.2-jadval) 11.2-jadval Zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun ma'lumotlar Mahsulot birligiga (ming so’m) Foizda Bir birlik mahsulot narxi 500 100% O’zgaruvchan xarajatlar 300 60% Bir martalik kiritilgan daromad 200 40% Doimiy xarajatlar yiliga 80000 ming so’m bo’lsin. Agarda «X» - mahsulot birliklaridagi zararsizlik nuqtasi deb qabul qilinsa, unda asosiy tenglama yordamida quyidagiga ega bo’lamiz: 500xX = 300xX + 80000 + 0 (11.1) bundan kelib chiqdi X=400 mahsulot birligi (yoki so’mda 500x400=200000 ming so’m). Zararsizlik nuqtasiga quyidagicha, yanada umumiyroq ta'rif berish mumkin. p – mahsulot birligi, N – muayyan davr ichidagi ishlab chiqarish hajmi bo’lsin. Soliq to’lagunga qadar bo’lgan foyda Nl umumiy tushumdan barcha doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar ayirmasi bilan belgilanadi, demak modelning asosiy tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: 167 (11.2) Bu yerda: F – muayyan davr ichidagi doimiy xarajatlar kattaligi; v – bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar kattaligi. Ta'rif bo’yicha zararsizlik nuqtasi Nl=0 shartiga muvofiq keladi, bu yerdan (11.3) Bu yerda: BEP (break-even point) – zararsizlik nuqtasi. Shunday qilib, zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun, doimiy xarajatlar kattaligining, mahsulotni sotish narxi va bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar ayirmasiga nisbatini topish lozim. Bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar bir martalik kiritilgan daromad (unit contribution margin) deb ham yuritiladi. Agarda masala sotuvlarning maqsadli hajmi N T , ya'ni berilgan daromad qiymati Nl T ga muvofiq keladigan sotuvlar hajmi qiymatini topishdan iborat bo’lsa, quyidagi nisbatdan foydalanamiz: (11.4) Bu yerdan: (11.5) Korxona muvoffaqiyatli faoliyatining muhim tavsifi sifatida havfsizlik zaxirasi (Safety Margin) kattaligi xizmat qiladi. Ushbu kattalik, nisbiy tarzda, sotuvlarning rejalashtirilgan hajmi va zararsizlik nuqtasi kattaliklarining ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. (11.6) Ushbu ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa korxona salbiy o’zgarishlar (tushum kamayishi yoki xarajatlar ko’payishi) yuz berishidan o’zini shunchalik havfsiz hisoblaydi. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling