Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Daromadlikning ichki me'yori (Internal Rate of Return)


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Daromadlikning ichki me'yori (Internal Rate of Return). NPV , V/S
ratio
va PI hisoblanganda 
foiz stavkasining tanlanishi hisobning yakuniy natijasiga ancha katta darajada va, demak, uning 
o‘zgarishiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Oldin ifodalanganday, foiz stavkasining me'yoriga inflyasiya 
o‘zgarishi, muqobil imkoniyatlar va investitsiyaviy xatarning darajasi ta'sir etadi.
NPV=0 teng bo‘lgan holatda foiz stavkasi r*ning moxiyati juda qiziqarli bo‘ladi rasm 13.1 r* 
nuqtasida xarajatlarning qo‘shma diskontlashgan oqimi daromadlar qo‘shma diskontlashgan oqimiga 
teng bo‘ladi. Bu nuqta diskontlashgan «zarar ko‘rmaslik nuqtasi»ning aniq iqtisodiy ma'nosiga ega deb 
tasdiqlash mumkin. U rentabellikning ichki normasi yoki foydalilik deb ataladi. DIN yoki ingliz 
abbreviaturasida - IRR deb belgilanadi. Bu mezon loyihaning investoriga mablag‘lar qo‘yilishining 
maqsadga muvofiqligini baholash imkonini beradi. Agar bankning hisobot stavkasi IRR dan ko‘p 
bo‘lsa, demak, bunda investor bankka o‘z mablag‘larini qo‘ysa katta daromadga erishishi mumkin. 
1-chizmadan ko‘rinib turibdiki, r*bu IRRdir. Agar kapital qo‘yilmalar faqat jalb etilgan mablag‘lar
hisobidan amalga oshirilsa va kredit istavkasi asosida olingan bo‘lsa, bunda (r*-i) farqi investitsiyaviy 
(tadbirkorlik) faoliyatining samarasini ifodalaydi. r*=i bo‘lgan paytda olingan daromad bilan faqat 
investitsiyalarni qoplash mumkin (investitsiyalar foydasiz), r*Moliyaviy amaliyotda IRR hisobini dam-badam kapital qo‘yilmalarni miqdoriy taxlilning birinchi 
qadami sifatida qo‘llaydilar. Keyingi taxlil uchun IRR 15-20% dan kam balmagan darajada 
(
)

=
=

+
n
t
o
t
I
t
r
CF
0
0
1


164 
baholangan investitsiyaviy loyihalar ajratib olinadi. Moliyalashtirish uchun qabul qilingan loyihalar 
daromadlilikning ichki normasi iqtisodiyot tarmogi va mulk shakllariga yoki loyihaning xususiy yoki 
davlat korxonasiga tegishli bo‘lishiga qarab o‘zgarib boradi. 
Demak, IRRning moxiyati investitsion loyihadagi daromadlilikning pastki kafolatlangan darajasi deb 
izoxlanishi mumkin. Shunday qilib, agar bu loyihaning kapital muqobil qiymatidan (masalan, qayta 
moliyaashtirish stavkasidan) ko‘p bo‘lsa, loyihani qoniqarli deb hisoblash mumkin. 
Ayrim paytlarda foydalilikning ichki normasini investitsiyalar daromadliligining eng yuqori darajasi 
deb ko‘rish mumkin, bu esa loyihaga qo‘shimcha qo‘yilmalarni joylashtirish muvofiqligining mezoni 
bo‘lishi mumkin. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling