Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
Sof joriy qimmatliligi quyidagicha aniqlanadi:
(13.1) Loyihalar to‘g‘risida yechim qabul qiladigan shaxslar afzallikni NPV ijobiy qiymatga ega bo‘lgan loyihalarga berishi kerak. NPV ning salbiy natijasi daromad normasi zaruriydan kam bo‘lganligi, pul mablag‘larni samarasiz ishlatilganligi haqida guvoxlik beradi. Yuqoridan keltirilgan iboradan ko‘rinib turibdiki, sof joriy qiymatlikning absolyut miqdori NPV o‘lchamlarning ikki turiga bog‘liq. Birinchi - investitsion jarayonni ob'ektiv jihatdan tavsiflaydi, u ishlab chiqarish jarayoni bilan belgilanadi. Ikkinchi turiga foiz stavkasining miqdori sifatida kiritish mumkin. Qo‘yilmalar jarayon boshida amalga oshirilganda, samara berishi - loyihaning butun faoliyati davomida bo‘lganda NPV ning r stavkasi bilan bog‘lanishini taxlil qilamiz. Foiz stavkasi ma'lum r* miqdorga yetsa, investitsiyaning samaradorligi nolga teng bo‘ladi. Xar qanday r* dan kam bo‘lgan foiz stavkasi NPV ning ijobiy jihatiga mos keladi (13.1-rasm). Foiz stavkasi yuqori darajada bo‘lganda uzoqlashgan to‘lovlar NPV ga kam ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham qoplash davri muddatlari xar xil bo‘lgan loyihalar yakuniy iqtisodiy samara bo‘yicha amaliy jihatdan bir xil qiymatga ega bo‘lishi mumkin. hamma gap shundaki, yuqori sof joriy qiymatga ega bo‘lgan loyihalar samarasiz ham bo‘lishi mumkin va natijada unchalik katta bo‘lmagan foydalilik indeksiga ega bo‘ladi. Shu narsa aniqki, daromadlar kirimi, boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda ancha uzoq muddatga ega bo‘lgan loyiha boshqalarga nisbatan qulayroq bo‘ladi. NPV 0 r * r t t t r C B r C B r C B NPV ) 1 ( ) 1 ( 1 2 2 2 1 1 + − + ⋅ ⋅ ⋅ + + − + + − = 161 13.1-rasm. Bir me'yordagi samaradorlik yuz berganda NPVning r stavkasiga bog‘liqligi Loyihaning sof joriy qimmatlik me'yorini aniqlab beruvchi asosiy omillardan biri - investitsiyalar, ishlab chiqarish yoki sotuvlarning «jismoniy» xajmlarda ifodalangan faoliyat xajmi (masshtabi) hisoblanadi. Shu tavsifi bilan farq qiladigan loyihalarni taqqoslash uchun qo‘llanadigan usul tabiiy cheklashlardan iborat bo‘ladi: NPVning katta miqdori kapital qo‘yilmalarning yanada samarali variantga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Ushbu usul faqat quyidagi savolga javob beradi: tahlil qilinayotgan pul qo‘yish varianti korxona bozor bahosi o‘sishiga yoki investor boyligi oshishiga to‘g‘ri keladi. Lekin, bu ko‘rsatkich quyidagi kamchilikka ega: tanlangan diskont stavkasi odatda loyiha ekspluatatsiyasining birinchi davri uchun o‘zgartirmasdan qo‘llaniladi. Shu bilan bir vaqtda kelajak davrda iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda bu stavka o‘zgarishi mumkin. Bu kamchilikka qaramasdan ushbu ko‘rsatkich chet el tajribasida investitsiya samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimida eng ishonchlilaridan hisoblanadi. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling