Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Foydaning nisbiy o’zgarishi q Operatsion richag x Tushumning nisbiy o’zgarishi
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
Foydaning nisbiy o’zgarishi q Operatsion richag x Tushumning nisbiy o’zgarishi.
Operatsion richagni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Operatsion richag q kiritilgan daromad/sof foyda Sotuvlar hajmining o’zgarishi munosabati bilan, operatsion richagning foyda ko’rsatkichlariga bo’lgan ta'sirini namoyish etuvchi quyidagi misolni ko’rib chiqamiz. (11.3-jadval) 11.3-jadval Operatsion richagning foyda ko’rsatkichlariga bo’lgan ta'sirini namoyish etuvchi misol ma'lumotlari. X – korxona Y - korxona Tushum 500,000 100% 500,000 100% minus o’zgaruvchan xarajatlar 350,000 70% 100,000 20% Ishlab chiqarish xajmi zarar Daromad, xarajatlar foyda foyda O‘zgaruvchan xarajatlar O‘zgarmaydigan xarajatlar 169 Kiritilgan daromad 150,000 30% 400,000 80% minus doimiy xarajatlar 90,000 340,000 Sof foyda (zarar) 60,000 60,000 Operatsion richag 2,5 6,7 Yuqoridagi misolda keltirilgan ma'lumotlarni asos qilib olgan holda, har bir korxonaning operatsion richagini hisoblab chiqamiz. Operatsion richag ta'rifiga muvofiq, sotuvlar hajmining 10%ga oshishi, X-korxonada foyda 25%ga, Y-korxonada esa foyda 67%ga oshishiga olib kelishi lozim. Buni, tushumning 10%ga oshishini kiritgan holda, osongina tekshirish mumkin: (11.4-jadval) 11.4-jadval Operatsion richagning foyda ko’rsatkichlariga bo’lgan ta'sirini namoyish etuvchi misol (10%) oshgandagi ma'lumotlari X – korxona Y - korxona Tushum 550,000 100% 550,000 100% minus o’zgaruvchan xarajatlar 385,000 70% 110,000 20% Kiritilgan daromad 165,000 30% 440,000 80% minus doimiy xarajatlar 90,000 340,000 Sof foyda (zarar) 75,000 100,000 Sof foydaning oshishi 25% 67% Xarajatlarning qaysi tuzilmasini tanlash savoliga javob topish uchun, xarajatlarning turlicha tuzilmasiga ega bo’lgan ikkita korxonani ko’rib chiqaylik. (11.5-jadval) 11.5-jadval Korxona xarajatlari. X – korxona Y - korxona Tushum 100,000 100% 100,000 100% minus o’zgaruvchan xarajatlar 60,000 60% 30,000 30% Kiritilgan daromad 40,000 40% 70,000 70% minus doimiy xarajatlar 30,000 60,000 Sof foyda (zarar) 10,000 10,000 Faraz qilaylik, kelajakda bozordagi vaziyatning yaxshilanishi va natijada sotuvlar hajmining 10%ga oshishi kutilmoqda. Bunda foyda to’g`risidagi hisobotlar quyidagi ko’rinishni oladi: (11.6- jadval) 11.6-jadval Foyda hisobotlari X – korxona Y - korxona Tushum 110,000 100% 110,000 100% minus o’zgaruvchan xarajatlar 66,000 60% 33,000 30% Kiritilgan daromad 44,000 40% 77,000 70% minus doimiy xarajatlar 30,000 60,000 Sof foyda (zarar) 14,000 17,000 170 Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Y- korxona yaxshiroq ahvolda, chunki uning foydasi 7,000 ming so’mga ko’paygan, X-korxonaning foydasi esa 4,000 ming so’mga. Endi esa bozordagi ahvol yomonlashishi va sotuvlar hajmining 10%ga pasayishi kutiladigan bo’lsin. (11.7-jadval) 11.7-jadval Operatsion richagning foyda ko’rsatkichlariga bo’lgan ta'sirini namoyish etuvchi misol 10%ga pasaygandagi ma'lumotlari X – korxona Y - korxona Tushum 90,000 100% 90,000 100% minus o’zgaruvchan xarajatlar 54,000 60% 27,000 30% Kiritilgan daromad 36,000 40% 63,000 70% minus doimiy xarajatlar 30,000 60,000 Sof foyda (zarar) 6,000 3,000 Bunda esa X-korxona yaxshiroq vaziyatda deb ta'kidlashimiz mumkin, chunki uning foydasi 4,000 ming so’mga kamaygan bo’lsa, Y-korxonaning foydasi 7,000 ming so’mga kamaygan. Umumiy xulosa quyidagicha: - operatsion tavakkalchigi katta bo’lgan korxona, bozor kon'yunkturasi yomonlashganda ko’proq tavakkalchilikga yo’l qo’yadi, bozor kon'yunkturasi yaxshilanganda esa u muayyan ustunliklarga ega bo’ladi; - korxona bozor sharoitida o’zini topishi va tegishli tarzda xarajatlar tuzilmasini boshqarib turishi lozim. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling