Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Iqtisodiy tahlil (jamiyat samarasini baholash)
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
Iqtisodiy tahlil (jamiyat samarasini baholash).
Loyihani milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan baholashda moliyaviy tahlilga o’xshash qoidalar qo’llaniladi, ammo moliyaviy tahlildan farqli ravishda muayyan ishtirokchi manfaatlari emas balki butun jamiyat (mamlakat, qishloq xo’jaligi va h.) manfaatlarini aks ettirish lozim. Birinchidan, loyiha ishtirokchilarining bittasiga ham tegishli bo’lmagan, ammo aholi va kelajak avlod manfaatlariga ta'sir ko’rsatadigan, loyihani amalga oshirish natijalari aynan jamiyat samarasini baholashda hisobga olinishi lozim. Ko’pgina hollarda, loyihaning ekologik oqibatlari ushbu kategoriyadan joy oladi. Misol uchun, dalalardan o’g’itlarni yuvish hech kimni ko’ziga tushmasligi va jarimaga olib kelmasligi mumkin, ammo quyiroq joylashgan korxonalar, dam olish hududlari va boshqa ob'ektlar suvni tozalash uchun qo’shimcha xarajat qilishlari lozim bo’ladi. Butun mamlakat va uning iqtisodiyoti nuqtai nazaridan ushbu xarajatlar yoki paydo bo’layotgan yo’qotishlar hisobga olinishi lozim. Ikkinchidan, butun ishlab chiqarilayotgan mahsulot va barcha foydalanilayotgan resurslar, har bir ishtirokchi nuqtai nazarini aks ettiruvchi moliyaviy narxlarda emas, balki jamiyat va milliy iqtisodiyot nuqtai nazarini aks ettiruvchi «iqtisodiy boyliklar» bo’yicha baholanadi. Misol uchun, o’simliklarni himoya qilish vositalarining chet ellik yetkazib beruvchisi o’z xarajatlariga (va keyinchalik mahsuloti narxiga ham) bojxona bojlarini (turli xil yig`imlar, aksizlar va h.) ham kiritadi. Milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan ushbu yig`imlar mamlakat va jamiyatning real xarajatlari sifatida qaralmaydi, va iqtisodiy samarani hisoblashda ishtirok etmaydi. Uchinchidan, korxona 50-70 yilda bir marta sodir bo’ladigan, misol uchun, havo sharoitlarining ekologik zarari tavakkalchiligini hisobga olmasligi mumkin, ammo mamlakat nuqtai nazaridan ushbu zarar albatta hisobga olingan bo’lishi kerak. Shuni ham ta'kidlab o’tish lozimki, ekologik tahlil iqtisodiy tahlil bilan yaqindan bog`langan, chunki amaldagi qonunchilik bo’yicha ko’pgina ekologik oqibatlarni moliyaviy baholab bo’lmaydi, ammo jamiyat samarasini aniqlashda ularni hisobga olish majburiydir. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling