Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

11.1-jadval 
Yetkazib berish xarajatlari. 
Oylar 
Sotilgan tovarlar
soni 
Yetkazib berish xarajati 
(ming so’m) 
Yanvar 
6000 
66000 
Fevral 
5000 
65000 
Mart 
7000 
70000 
Aprel 
9000 
80000 
May 
8000 
76000 
Iyun 
10000 
85000 
Iyul 
12000 
100000 
Avgust 
11000 
87000 
doimiy xarajatlar 
jami xarajatlar 
ishlab chiqarish hajmi 


166 
Ushbu 
ma'lumotlar 
11.2-rasmdagi 
singari 
grafikka 
tushiriladi.
7.2-rasm. Xaqiqiy ma'lumotlar namunasi. 
Grafik tasvirdan kelib chiqqan holda, ushbu ma'lumotlar bo’yicha 7.1-rasmdagi kabi to’g`ri chiziq 
barpo etish lozim. Ushbu vazifani quyidagi uchta uslub yordamida amalga oshirish mumkin: 
- yuqori-quyi nuqta uslubi (High-Low Method); 
- grafik uslub (Scattergraph Method); 
- eng kichik kvadratlar uslubi (Least Squares Method). 
Zararsizlik nuqtasi (break-even point) quyidagicha ta'riflanishi mumkin: 
- tushum umumiy xarajatlarga teng bo’lgan vaziyatdagi savdo hajmi, yoki, 
- kiritilgan daromad doimiy xarajatlargi teng bo’lgan vaziyatdagi savdo hajmi
Zararsizlik nuqtasiga erishilgandan so’ng, har bir qo’shimcha sotilgan mahsulot birligi, ushbu 
mahsulot birligiga kiritilgan daromadga teng bo’lgan qo’shimcha foyda olib keladi. 
 
3. Zararsizlik nuqtasini hisoblash. 
Zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun tushum balansiga asoslangan oddiy nisbatlardan 
foydalaniladi: 
Tushum q o’zgaruvchan xarajatlar Q doimiy xarajatlar Q foyda. 
Misol uchun boshlang`ich ma'lumotlar quyidagi ko’rinishga ega bo’lsin: (11.2-jadval) 
11.2-jadval 
Zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun ma'lumotlar
Mahsulot birligiga
(ming so’m)
Foizda 
Bir birlik mahsulot narxi 
500 
100% 
O’zgaruvchan xarajatlar 
300 
60% 
Bir 
martalik 
kiritilgan 
daromad 
200 
40% 
Doimiy xarajatlar yiliga 80000 ming so’m bo’lsin. 
Agarda «X» - mahsulot birliklaridagi zararsizlik nuqtasi deb qabul qilinsa, unda asosiy tenglama 
yordamida quyidagiga ega bo’lamiz: 
500xX = 300xX + 80000 + 0 (11.1) 
bundan kelib chiqdi X=400 mahsulot birligi (yoki so’mda 500x400=200000 ming so’m).
Zararsizlik nuqtasiga quyidagicha, yanada umumiyroq ta'rif berish mumkin. p – mahsulot birligi, N 
– muayyan davr ichidagi ishlab chiqarish hajmi bo’lsin. Soliq to’lagunga qadar bo’lgan foyda Nl 
umumiy tushumdan barcha doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar ayirmasi bilan belgilanadi, demak 
modelning asosiy tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: 


167 
(11.2) 
Bu yerda: F – muayyan davr ichidagi doimiy xarajatlar kattaligi; 
v – bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar kattaligi. 
Ta'rif bo’yicha zararsizlik nuqtasi Nl=0 shartiga muvofiq keladi, bu yerdan 
(11.3) 
Bu yerda: BEP (break-even point) – zararsizlik nuqtasi. 
Shunday qilib, zararsizlik nuqtasini hisoblash uchun, doimiy xarajatlar kattaligining, mahsulotni 
sotish narxi va bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar ayirmasiga nisbatini 
topish lozim. Bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar bir martalik kiritilgan 
daromad (unit contribution margin) deb ham yuritiladi. 
Agarda masala sotuvlarning maqsadli hajmi N
T
, ya'ni berilgan daromad qiymati Nl
T
ga muvofiq 
keladigan sotuvlar hajmi qiymatini topishdan iborat bo’lsa, quyidagi nisbatdan foydalanamiz: 
(11.4) 
Bu yerdan:
(11.5) 
Korxona muvoffaqiyatli faoliyatining muhim tavsifi sifatida havfsizlik zaxirasi (Safety Margin) 
kattaligi xizmat qiladi. Ushbu kattalik, nisbiy tarzda, sotuvlarning rejalashtirilgan hajmi va zararsizlik 
nuqtasi kattaliklarining ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. 
(11.6) 
Ushbu ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa korxona salbiy o’zgarishlar (tushum kamayishi yoki 
xarajatlar ko’payishi) yuz berishidan o’zini shunchalik havfsiz hisoblaydi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling