165
ызгарувчан харажатлар
Zararsizlik tahlili tahlili doirasida xarajatlar ikkita turga: doimiy va o’zgaruvchan
xarajatlarga
ajratiladi.
Ishlab chiqarish hajmi o’zgarishiga proporsional tarzda o’zgaruvchan va bir birlik mahsulotga
nisbatan o’zgarmasdan qoladigan xarajatlar –
o’zgaruvchan xarajatlar deb aytiladi. O’zgaruvchan
xarajatlarga misol tariqasida xom-ashyo, ishchi kuchi, energiya resurslari va h. keltirish mumkin.
Ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan o’zgarmasdan qoladigan xarajatlar –
o’zgarmas xarajatlar
deb nom olgan. O’zgarmas xarajatlarga ishlab chiqarish xonalarining ijara to’lovlari, uskunalar
bo’yicha lizing va boshqa turdagi to’lovlarni kiritish mumkin.
O’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlardan iborat bo’lgan xarajatlar turi –
aralash xarajatlar deb
ataladi. Xarajatlarning ushbu turi amaliyotda juda kam uchrashiga qaramasdan, ularni ham e'tibordan
chiqarmaslik lozim. Misol uchun, ijara to’lovi ikkita qismga ajratilgan bo’lishi mumkin: ijarachi ishlab
chiqarish
xonalari uchun alohida summa, va o’rnatilgan uskunaning har 1 soat ishi uchun alohida
summa to’lashi lozim bo’lgan taqdirda.
Barcha uslublarning mohiyati jami xarajatlarni
tasvirlashga asoslanadi, ular grafik tarzda
quyidagicha ifodalanadi (11.1-rasm).
quyidagicha ifodalanadi (7.1-rasm).
11.1.-rasm. Xarajatlarning grafik tasviri
Muayyan ma'lumotlar asosida to’g`ri
chiziq barpo etiladi, va u xaqiqatdagi ma'lumotlardan
kelib chiqqan holda, umumiy xarajatlarning savda hajmiga bog`liqligi to’g`risida tushuncha beradi.
Ushbu to’g`ri chiziqning vertikal o’q bilan kesishgan nuqtasi doimiy xarajatlarning bahosi hisoblanadi.
Misol uchun, tovarni yetkazib berish bilan bog`liq bo’lgan aralash xarajatlarni
tahlil qilish kerak
bo’lsin. Ushbu xarajatlar bo’yicha xaqiqiy ma'lumotlar 11.1-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: