Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Zararsizlik tahlilining grafik ko’rinishi


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

4. Zararsizlik tahlilining grafik ko’rinishi. 
Zararsizlik tahlilining mohiyati zararsizlik grafigida to’la ochiladi (7.3-rasm). Ushbu grafikning 
gorizontal o’qida natural ifodadagi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, vertikal o’qida esa qiymat 
ifodasidagi daromad yoki xarajatlar kattaligi aks ettirilgan 


168 
.3-rasm. Zararsizlik nuqtasining grafik ko’rinishi. 
AS - umumiy xarajatlar chizig`i; OD - daromad chizig`i. 
Hajmga bog`liq holda o’zgarmaydigan, doimiy xarajatlarni aks ettiruvchi AV chizig`i, X o’qiga 
parallel tarzda o’tadi. AV va AS chiziqlari o’rtasidagi vertikal masofa, har qanday hajmda ham
mahsulotni mazkur hajmini ishlab chiqarishning umumiy o’zgaruvchan xarajatlarni, OA va AS 
chiziqlari o’rtasidagi vertikal masofa esa umumiy xarajatlarni tavsiflaydi. Mahsulot sotilmagan tarzda 
umumiy xarajatlar nolga emas balki OA-ga teng bo’ladi. Ishlab chiqarish hajmi X ga teng bo’lganda, 
umumiy xarajatlar SX chizig`i bilan aks ettiriladi, o’z navbatida SX=XV+VS (XV – xarajatlarning 
o’zgarmas qismlari (OA bilan bir xil) va VS – xarajatlarning o’zgaruvchan qismlari). 
So’nggi mahsulot bir birligini sotishning har bir muayyan narxi uchun, OD chizig`i sotuvlarning 
turli hajmlaridagi daromadlar kattaligini ko’rsatib turadi. Umumiy daromad va umumiy xarajatlar 
chiziqlarining kesishuvi, umumiy daromad umumiy xarajatlarga (o’zgaruvchan va doimiy) teng 
bo’lgan, zararsizlik nuqtasi (ZN) “N”ni belgilab beradi. Umumiy daromad va umumiy xarajatlar 
o’rtasidagi vertikal o’q bo’yicha har qanday farq zararsizlik nuqtasining o’ng tomonida bo’lganda 
foydani, chap tomonida bo’lganda zararni aks ettiradi. 
 
5. Kiritilgan daromad ta'siri va operatsion richag tahlili. 
Operatsion richag yordamida, zararsizlik tahlili doirasida, tavakkalchilikning yanada batafsilroq 
tahlilini o’tkazish mumkin. 
Operatsion richag (Operating Leverage) tushum ko’payganda foyda necha marta o’zgarishini aks 
ettiradi, demak: 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling