Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Dilerlik krediti - bank vositachi diler hisobidan beradigan kredit.
Diskont - 1. qimmatli qog‘ozning amaldagi narxi bilan qiymat qoplanishi paytidagi narxi yoki 
belgilangan qiymati o‘rtasidagi farq; moliyaviy vositani qiymat qoplanishi paytiga qadar belgilangan 
qiymatidan past narhda xarid qilish;
2. valyutaning kelgusi kursi bilan darhol yetkazib berilgan paytdagi kursi o‘rtasidagi farq;
3. turli muddatlarda yetkazib beriladigan bir turdagi molning narxlari o‘rtasidagi farq;
4. birja bitimlarida mol sifati shartnomada kelishilganidan past bo‘lga-nida, narxdan chegirish;
5. valyuta bitimlarida rasmiy valyuta kursidan pasaygan holda chetga chiqish


319 
Diskont firmasi - qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha mijozlarga operatsiya xizmati 
ko‘rsatishni ta'minlovchi firma
Diskontlangan - vaqtga ko‘ra taqqos-lanadigan o‘lchamlarga keltirilgan; hisobga olingan
chegirmali 
Dotatsiya - (hadya, ehson) davlat yoki mahalliy byudjetdan qaytarib bermaslik sharti bilan 
mablag‘ ajratish; iqtisodiyotga byudjet orqali ta'sir etish vositalaridan biri. Faoliyati umumdavlat 
ahamiyatiga molik, lekin o‘z daromadi bilan xarajatlarini qoplay olmaydigan korxona va tashkilotlarga 
davlat dotatsiya bilan madad beradi. Dotatsiya umumiy va maqsadli bo‘ladi. Umumiy dotatsiya 
ajratilganda mablag‘ mahalliy byudjetlarga beriladi, uni ishlatish mahalliy hokimiyat ixtiyorida va 
unga markaz aralashmaydi. Maqsadli dotatsiya berilganda uni mo‘ljallangan maqsad uchun sarflash 
majburiy va buni davlat nazorat qiladi. 
Joriy qiymat - bir-biriga qaram bo‘lmagan xabardor, sotib olishni xohlagan xaridor bilan 
xabardor, sotishni xohlayotgan sotuvchi o‘rtasida aktiv almashtiriladigan miqdor. 
Joriy qiymat - ma'lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning 
qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida 
bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan 
summa. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling