Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Deklaratsiya - muayyan axborotdan tarkib topib, ma'lum qoidalarni e'lon qiluvchi bayonot, 
hujjat
Demping - bozorda raqobatchilarni yengib chiqish maqsadida mollar va xizmatlar narxlarini 
sun'iy ravishda pasaytirish; mollarni boshqa mamlakatda tannarxidan arzon narxda sotish.
Denominatsiya - valyutani barqarorlash-tirish va hisob-kitoblarni osonlashtirish maqsadida pul 
belgilarining ko‘rsatilgan qiymatini yiriklashtirish. Bunda eski pul belgilari yangilariga almashtirib 
boriladi, narx-navo va ish xaqi shunga muvofiq kayta hisoblanadi.
Denonsatsiya - shartnomadan rasmiy tarzda voz kechish, shartnomani tugatish 
Depozit - 1. banklarga saqlash uchun topshirilgan pul mablag‘lari yoki kimmatli qog‘ozlar;
2. qarzdor kreditorga berib yuborish uchun sud muassasasiga ajratadigan pul summasi
yoki qimmatli kog‘ozi 
Defitsit - taqchillik (tovarlar hamda xizmatlar taqchilligi) - xalq iste'mol mollari va 
xizmatlarning aholi talab – ehtiyojlarini qondirish uchun yetishmasligi, ularni yetarli darajada ishlab 
chiqarmas-lik, shuningdek sifatsiz va kam turda bo‘lishi. Defitsit tovarlarning vaqtincha emas, balki 
muhim ravishda, surunkali yetishmay qolishi. 
Deflyasiya - 1. ortiqcha qog‘oz pulni muomaladan chikarib olish yo‘li bilan pul ko‘lamini 
kamaytirish;
2. pul-kredit bozoridagi narx-navoning asta-sekin pasayishi yoki ko‘tarilishi. Bu mahsulot 
ishlab chiqarishning pasayishi va ishsizlikning o‘sishi bilan birga sodir bo‘ladi 
Deflyator - mavjud va nominal yalpi milliy mahsulot o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatkichi. Mamlakat 
iqtisodiyotidagi inflyasiyaning umumiy darajasini ko‘rsatadi.
Diler - qimmatli qog‘ozlar, mollar va valyuta oldi-sotdi bitimlarida vositachilik qiluvchi shaxs 
yoki firma
Diler bank - qimmatli qog‘ozlar, mollar va valyuta oldi-sotdi bitimlarida vositachilik qilish 
huquqiga ega bank.

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling