4.
Amalga oshirilmoqchi bo‘lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‘zda tutilganligi.
5.
Ishlab chiqarish jarayonini bilishlik, ya`ni maxsulot ishlab chiqarish jarayonini boshidan
oxirigacha kuzatib borish.
6.
Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jixatdan
asoslanishi va tashkil etilishi.
7.
Loyihani moliyalatirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish.
Monitoring olib borish bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-
korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g'risidagi ma`lumotlarni yiyaish va qayta
ishlash;
-
olingan ma`lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik holatini taxlil etish;
- taxlil natijalari bo‘yicha xulosalar qilish va takliflar berish.
Dasturni amalga oshirilishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000
yil 4 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga
kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘grisidagi Nizomga muvofiq
amalga oshiriladi.
Dasturning davlat monitoringi:
- investitsiya loyihalarini, va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalardan
foydalangan holda ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini o‘z vaktida va samarali amalga
oshirilishini ta`minlash;
- loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-iqtisodiy asoslar, texnik-
iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya qilish;
- amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammoli masalalarni kuzatib
borish;
- investitsiya iklimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida amalga
oiriladi.
Dasturning monitoringi xar oyda statistika hisoboti va so‘rov yo'li bilan iqtisodiyot vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi.
Dasturning monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi to‘grisidagi xar choraklik
axborotlarni tayyorlashda xamda navbatdagi uch yillik davrga Dasturni shakllantirishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |