Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Qishloq xo‘jaligida investitsiyaviy jarayonlarni rivojlantirishda kreditning tutgan o‘rni


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

15. Qishloq xo‘jaligida investitsiyaviy jarayonlarni rivojlantirishda kreditning tutgan o‘rni. 
 
Tayanch iboralar: kredit, tijorat krediti, bank krediti, xalqaro kredit, kreditning qayta taqsimot 
funksiyasi, muomala xarajatlarini tejash, tovar aylanmasiga xizmat ko’rsatish, ilmiy-texnik 
taraqqiyotni tezlashtirish, kapital mujassamlashuvini tezlashtirish, kredit tizimi, kredit munosabatlari, 
kreditning qaytariluvchanligi, kreditning muddatliligi, kredit uchun to’lov, ssuda foizi, kredit 
differensiatsiyasi, kreditning maqsadli xarakteri. 
1. Kreditning mohiyati 
Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda kredit juda ham katta ahamiyatga ega. 
U butun iqtisodiyot tizimi oldida turgan muammolarni xal qiladi. Kredit yordamida, pul mablag`lariga 


117 
bo’lgan ehtiyojni, bunday mablag`lar vaqtinchalik bo’shagan joylardan olish orqali qondirish mumkin. 
Kreditlash tizimi bo’sh kapitalni yig`adi va shu bilan birga, kapital kirib kelishiga xizmat ko’rsatgan 
holda, qayta ishlab chiqarish jarayonini ta'minlaydi. Shuningdek kredit pul muomalasini tezlashtiradi, 
bir qator munosabatlarning (sug`urta, investitsiyaviy va h.) bajarilishini ta'minlaydi va bozor 
munosabatlarini tartibga solishda katta rol o’ynaydi. 
Ssuda kapitali manbasi bo’lib, birinchidan, asosiy kapitalni tiklash uchun mo’ljallangan, 
aylanmadan chiqarilgan pul mablag`lari (ya'ni amortizatsiya jamg`armasi); tovarlarni sotish va xom-
ashyo, yoqilg`i, materiallarni xarid qilish vaqti o’zaro to’g`ri kelmaganligi sababli vaqtincha bo’sh 
qolgan aylanma kapitalning bir qismi, xizmat qilishi mumkin. Tovarlarni sotish va ish haqi to’lash 
o’rtasidagi davrda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan kapital ham manba bo’lishi mumkin. 
Ssuda kapitalining ikkinchi bir manbasi sifatida pul daromadi va xususiy sektor jamg`armalari 
xizmat qilishi mumkin. 
Ssuda kapitalining uchinchi manbasi sifatida davlatning pul jamg`armalarini ko’rsatishimiz 
mumkin. Ularning hajmi davlat mulki va yalpi milliy mahsulot ulushi bilan belgilanadi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling