Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai tarzidagi kapital
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik usullar
- Dinamik usullar.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai tarzidagi kapital, o‘zining mikdoran
cheklanganligi, tanlovchanligi, saylanmaligi, ko‘chuvchanligi va qaltisligi tufayli soliq, valyuta, savdo siyosati va faoliyat muhitidagi boshqa elementlarning o‘zgarishlariga qarab hamda ular bilan bog‘liq holda harakat qiladi. Investitsiya kapitali jahon miqyosida kamyob, cheklangan va uni u yoki bu hukumat qarori bilan ko‘paytirib bo‘lmaydi. Hamma joyda investitsiya faoliyatiga bog‘lanadigan kapitalga talab katta. Shu sababli har qanday investorning investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun safarbar etadigan pul shaklidagi kapital qiymati kamida ikki omilga bog‘liq bo‘lgan o‘rtacha tortilgan mikdordan iborat bo‘ladi. Bular: - kapital manbalarining har birining narxi, ya`ni ularning egalari foydalanish huquqi uchun talab qiladigan daromaddorlik; - moliyalashtirish manbalarining umumiy yig‘indisida har bir manbaning hissasi. Kapital qiymatini baholash, uning tanlov narxini (foydalanish qiymatini) yoki uning ishlatishning muqobil qiymatini ifodalaydi. Demak, investitsiya kapitali qiymati kapital egalarining talabini qondirish uchun zarur bo‘lgan foydadan iboratdir. Bu kapitalning sof joriy qiymati esa investorlar qarz 134 oluvchiga beradigan mablag‘larni xuddi shu foyda bilan birga qaytarishi uchun qoldirishga rozi bo‘ladigan mablag‘dan iborat bo‘ladi. Jahon amaliyotida investitsiyalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan kapital qiymatini baholashda kapitalning o‘rtacha tortiladigan hamda marjinal qiymatlaridan foydalaniladi. Moliyalashtirishda amalda bir qancha resurslar manbalari qatnashishi munosabati bilan investitsiya kapitali (moliya resurslari) qiymati o‘rta hisobdagi rentabellik darajasini ta`minlash zarurati ta`sirida shakllanadi. Shunday qilib, investitsiya kapitali qiymatini baholash joriy qiymatni diskontlash usulini qo‘llashga asoslanadi, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi hamda asosan, qimmatli qog‘ozlar bozori orqali pul resurslarini jalb qilishga qaratiladi. Investitsiya resurslari qiymatini baholash bilan investitsiyalash sub`ektlarining investitsiya imkoniyatlari aniqlanadi va ularning o‘zgarishlari, qonuniyatlari topiladi. Investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: 1. Statistik usullar. Bu usullarda vaqt omili hisobga olinmaydi yoki to‘liq darajada hisobga olinmaydi. Bularning uchta usullari mavjud: - xarajatlarni taqqoslash; - foydani taqqoslash; - rentabellikni taqqoslash (investitsiyalar bilan bog‘liq risklarni aks ettiradigan xarajatlarning qoplanish usuli). 2. Dinamik usullar. Bu usullarda to‘lovlar va tushumlarning vaqt bilan bog‘liqligi hisobga olinadi. 1. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling