Nazorat savollari
1. Investitsion resurslarni tashkil etish turli strategik yo'nalishlarini aniqlang?
2. Investitsion resurslarga bo‘lgan umumiy talabni prognozlash usullari qaysilar?
3. Investitsiya loyihalarini zamonaviy moliyalashtirish usullarini aniqlang?
4. Investitsion resurslarni tashkil etish manbalari qaysilar?
5. Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda sof diskontlangan daromad usuli
mohiyatini tushuntirib bering?
6. Investitsiya qarorlarini qabul qilishda qanday omillarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi?
7. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish qanday usullar bilan amalga oshiriladi?
8. Ishlab turgan korxonani xarid qiymati qaysi usullar bilan aniqlanadi?
18. INNOVATSION FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH
Innovatsiya – yangilik yaratish (ingl. innovation — yangilik yaratish, joriy etish)
Innovatsiyaning turlari va maqsadi
•
Korxonaning ishlab chiqarish jarayonlariga texnik va texnologik yangiliklar kiritish orqali
ishlab chiqarish jarayonlarini kengaytirish evaziga korxonaning foyda olish darajasini oshiradi.
•
Yangi mahsulot yoki xizmat turlarini joriy etish uchun sohaga investitsiyalarni jalb etish orqali
korxonaning raqobatbardoshligini oshiradi.
•
Ilgari mavjud bo‘lmagan yangiliklarni, ihtirolarni, izlanmalarni va talabni qondirishning yangi
metodlarini joriy etadi.
•
Innovatsiya yangi texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ishlab chiqarishning yangi
zamonaviy turlarini o‘zlashtirish (va x.k.) uchun jalb etilgan kapitalga moddiy tus beradi
(mujassamlashtiradi)
Innovatsiyaning manbalari
-
Mavjud texnologiyalarni va bilimlarni chetdan kiritish, ularni mahalliy sharoitlarga moslashuvi
-
Sohaga yangi bilim, izlanma va texnologiyalarni nafaqat mahalliy talab ehtiyojlar darajasida
balki katta masshtablarda kirib kelishi
-
Do'stlaringiz bilan baham: |