Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar
Download 4.03 Mb. Pdf ko'rish
|
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Tashkiliy reja
- 7. Tavakkalchilikni baholash
5. Ishlab chiqarish rejasi
A) ishlab chiqarish jarayonining ta'rifi, qaysi operatsiyalarni boshqa korxonalar (subpudratchi) zimmasiga yuklash nazarda tutilgan. B) ishlab chiqarish xonalari V) mashina va uskunalar G) xom-ashyo yetkazib beruvchilar Mazkur bo’limning namunaviy savollari: 1. Butun ishlab chiqarish jarayonini to’liq ta'riflab berish. Boshqa korxonalarga buyuriladigan ishlar ro’yxatini keltirish. 2. Ishlarning bir qismini bajaradigan korxonalar nomi va manzili. 3. Nimaga aynan shu korxonalar tanlanganini tushuntirib bering. Shartnomalar nusxasini keltiring. 4. Ishlab chiqarish oqimlari sxemasini keltiring (iloji boricha grafik shaklda). 6. Tashkiliy reja A) Mulkchilik shakli. B) Hamkorlar yoki asosiy paychilar to’g`risida ma'lumot. V) Hamkor (paychi)larning mas'uliyat darajasi. G) Korxona boshqaruvi a'zolari to’g`risida ma'lumot. D) Tashkiliy tuzilma, ishlarning taqsimlanishi. Mazkur bo’limning namunaviy savollari: 144 1. Tashkil etilayotgan korxonaning mulkchilik shakli va unga asosan asosiy ta'sischilar va ularning ulushlari to’g`risida axborot bering. 2. Boshqaruv a'zolarini sanab o’ting (ismi-sharifi, manzili, qisqa biografiyasi) 3. Moliyaviy hujjatlarga kim imzo chekish huquqiga ega? 4. Boshqaruv a'zolari o’rtasida vazifalar qanday taqsimlangan? 5. Boshqaruv a'zolarining oylik ish xaqi qanday? Mukofotlar va qo’shimchalar to’lash nazarda tutilganmi? 7. Tavakkalchilikni baholash A) Korxonaning ojiz tomonlari nimalardan iborat. B) Yangi texnologiyalarni paydo bo’lish ehtimoli. V) Muqobil (alternativ) strategiyalar. Raqobatdoshlar, marketing va ishlab chiqarish siyosatidagi noto’g`ri hisob-kitoblar, boshqaruv kadrlarini tanlashdagi xatolar bularning barchasi havf tug`dirishi mumkin. Shuningdek, texnologik taraqqiyot har qanday yangilikni bir zumda tarixga aylantirishi mumkin. Bunday xavflar bo’lmagan taqdirda ham, «ular to’g`risida o’ylamaslik mumkin» degan fikrni asoslab berish lozim. Ushbu omillarning bittasi xavf tug`dirgan holatdagi korxona strategiyasini oldindan ishlab chiqish foydali. Muqobil dastur va strategiyalarning mavjudligi, investorga, tadbirkor mumkin bo’lgan qiyinchiliklar to’g`risida habardorligi va ularga oldindan tayyorligi to’g`risida dalolat beradi. Download 4.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling