Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Mavzu: Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

17. Mavzu: Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish. 
Reja: 
1. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va investitsiya resurslari qiymatini aniqlash 
2. Kapital qiymati tushunchasi 
3. Kapitalning ayrim elementlari qiymati 
 
1. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va investitsiya resurslari qiymatini aniqlash. 
Loyiha – bu muayyan maqsadni ko‘zlagan, korxona faoliyatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi maxsus 
tarzda rasmiylashtirilgan taklifdir. 
Investitsiyaviy loyiha – cheklangan vaqt va cheklangan resurslar bilan muayyan maqsadga 
erishish uchun yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘liq va muvofiqlashitirilgan tashkiliy, texnik va investitsiyaviy 
tadbirlar majmuasidir. 
Loyihalarni, odatda, taktik va strategik loyihalarga ajratadilar. Strategik loyihalarga mulkchilik 
shaklining o‘zgarishini nazarda tutadigan loyihalar kiradi. Taktik loyihalarga esa ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulot 
hajmini 
o‘zgarishi, 
mahsulot 
sifatini 
oshishi, 
uskunalarni 
zamonaviylashtirish bilan bog‘liq loyihalar kiradi. 
Mazkur loyihaga nisbatan investitsiyaviy faoliyatni tartibga solish jarayoni loyiha davri deb 
atalmish shaklda rasmiylashtiriladi, u quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
1. 
Loyihani ifodalash (ayrim hollarda «identifikatsiyalash» atamasi qo‘llaniladi). 
2. 
Loyihani ishlab chiqish (tayyorlash). 
3. 
Loyiha ekspertizasi. 
4. 
Loyihani amalga oshirish. 
5. 
Natijalarni baholash. 
Investitsiyaviy loyihalar turlari: 
1. 
Mavjud tadbirkorlik faoliyati miqyoslarini o‘zgartirmasdan, jismoniy eskirgan uskunalarni 
almashtirish. 
2. 
Joriy ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida uskunalarni almashtirish (ma'naviy 
eskirish). 
3. 
Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va/yoki xizmat ko‘rsatish bozorini kengaytirish. 
4. 
Yangi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida korxonani kengaytirish. 
5. 
Ekologik yuklamaga ega bo‘lgan loyihalar. 
6. 
Qaror qabul qilish mas'uliyati borasida muhim bo‘lgan boshqa turdagi loyihalar. 
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish turli usullar bilan amalga oshiriladi: 

aksiyadorlik investitsiyalash; 


133 

byudjetdan investitsiyalash; 

lizing; 

qarz majburiyatlari hisobidan banklar kreditlari, yuridik hamda jismoniy 
shaxslar majburiyatlari evaziga moliyalashtirish; 

ipoteka (ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish) asosida olib boriladi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling