Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Kredit tizimi va kredit munosabatlari


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

4. Kredit tizimi va kredit munosabatlari. 


121 
Kredit tizimi har bir mamlakat iqtisodiyotining ajralmas va muhim qismi hisoblanadi. Chunki 
mamlakat iqtisodiy rivojlanishining shakli va dinamikasi aynan kredit tizimiga bog`liq bo’ladi. 
Kredit tizimini ikkita jihatdan ko’rib chiqiladi: 
- birinchidan, kredit munosabatlari, shakllari, usullari va kreditlash turlarining yig`indisi sifatida; 
- ikkinchidan, qonunchilik bilan belgilangan holda faoliyat yurituvchi banklar va boshqa kredit 
tashkilotlarining yig`indisi sifatida. 
Kredit munosabatlarining sub'ektlari bo’lib tijorat tashkilotlari, aholi, davlat va banklar xizmat 
qilishi mumkin. 
Kredit munosabatlarida bozorning har bir sub'ekti ikkita shaxs, kreditor va kredit oluvchi rolini 
o’ynashi mumkin. 
Iqtisodiyotdagi kredit munosabatlari muayyan uslubiy asosga ega bo’ladi, uning elementlaridan 
biri sifatida kredit bozoridagi har qanday operatsiyani bajarishda qat'iy rioya qilinadigan tamoyillarni 
ta'kidlash mumkin. 
Kredit tashkilotlari o’zaro bog`langan bo’lib, bozor munosabatlari ishtirokchilarining - tijorat 
tashkilotlari, jismoniy shaxslar, davlat tashkilotlari - pul mablag`lari yoki moliya va pul aylanmasi 
bilan bog`liq xizmatlarga bo’lgan talabini qondiradi. 
5. Kredit tizimining tarkibiy qismlari. 
Kredit tizimi bank va bankga tegishli bo’lmagan qismlardan iborat bo’ladi. 
Bank qismi - kredit tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki kredit munosabatlarida 
ishtirok etuvchi pul mablag`larining asosiy qismi aynan banklar orqali o’tadi, va aynan banklar 
moliyaviy bozordagi asosiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. 
Bankga tegishi bo’lmagan qism - banklarga nisbatan kamroq va maxsus xizmatlarni ko’rsatuvchi 
tashkilotlardan iborat bo’ladi (pochta-jamg`arma muassasalari, lombardlar va h.) 
Banklar – o’z va jalb qilingan mablag`lardan maksimal samarali foydalanish hisobiga foyda 
olishni maqsad qilib qo’ygan kredit tashkilotlaridir. 
Banklar Markaziy Bank (MB) litsenziyasiga asosan, qaytarish, to’lovlilik, muddatlilik shartlarida 
o’z nomidan pul mablag`larini joylashtiradi, hamda hisob-kassa va boshqa bank operatsiyalarini 
amalga oshiradi. 
Bankning asosiy mohiyati - pul mablag`larining kreditorlardan kredit oluvchilarga va 
sotuvchilardan xaridorlarga harakatlanishidagi vositachilikdir. 
Shunday qilib, banklar mamlakat pul aylanmasini tartibga solib turuvchilar hisoblanadi. 
Banklar, tijorat korxonalari sifatida, qayta ishlab chiqarish, sanoat va savdo kapitalining 
aylanmasi ehtiyojlari munosabati bilan paydo bo’ldi. 
Natural xo’jalikning yo’qolishi, savdo va tovar ayirboshlashning o’sishi pul hisob-kitoblari va 
kredit mohiyatini keskin oshirib yubordilar. 
Yollanma mehnatga keng miqyoslarda o’tish, daromadlarning katta qismi pul shaklida 
to’lanishiga olib keldi. 
Muntazam pul aylanmasi paydo bo’ldi, va uni tashkil etish va unga xizmat ko’rsatishni banklar 
o’z zimmasiga oldilar. Banklar korxona va davlat tashkilotlari, aholi jamg`armalarining bo’sh pul 
mablag`larini jalb etadilar va keyinchalik ularni ssudaga beradilar. 
Banklar - sanoat va savdoni kreditlash va moliyalashtirish bilan shug`ullanuvchi, har qanday 
normal faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot uchun xos bo’lgan tashkilotlardir. 
Hozirgi kunda banklar kredit-moliyaviy xizmatlarning katta qismini amalga oshiradi. 
Banklarning asosiy operatsiyalari bo’lib pul mablag`larini jalb etish - va ularni ssudaga berish 
xizmat qiladi. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling