Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Kreditlashning asosiy tamoyillari


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

6. Kreditlashning asosiy tamoyillari. 
Kreditning qaytariluvchanligi. 
Kreditning majburiy belgisi, ushbu belgisiz kreditlashning mohiyati yo’qoladi. 


122 
Ushbu tamoyil kreditordan olingan moliyaviy mablag`larning o’z vaqtida qaytarilishi lozimligini 
ifodalaydi. 
Uning amaliy ifodasi kredit bergan tashkilot hisob-raqamiga muayyan ssudani qoplash uchun pul 
mablag`larini o’tkazishda namoyon bo’ladi. Kredit resurslarining o’z vaqtida qaytarilishi, bank kredit 
faoliyatini davom ettirishining zaruriy sharti hisoblanadi.
Kreditning muddatliligi. 
Kredit qaytarilishiga erishish usuli. Bu degani kredit kredit oluvchi istagan vaqtda emas, aniq 
belgilangan mudatdan so’ng qaytarilishi lozim. Ushbu muddat kredit shartnomasida yoki uni o’rniga 
tuzilgan boshqa hujjatda aniq ko’rsatilgan bo’ladi. 
Ko’rsatilgan shartni bajarmaslik kreditor tomonidan kredit oluvchiga nisbatan, olinadigan foiz 
to’lovlarini oshirish kabi, turli xil iqtisodiy jarimalarni qo’llash, keyinchalik esa sudga murojaat qilish 
uchun asos bo’la oladi. 
Kreditning to’lovliligi. Ssuda foizi. 
Bu tamoyil qarz oluvchi tomonidan bankdan olingan kredit resurslarni faqatgina qaytarish emas, 
ulardan foydalanish uchun to’lovlarni ham amalga oshirish lozimligini bildiradi. 
Kredit uchun to’lovning iqtisodiy mohiyati undan foydalanish natijasida olingan qo’shimcha 
daromadni kreditor va qarz oluvchi o’rtasida taqsimlashdan iboratdir. 
Mazkur tamoyilning amaldagi ifodasi, quyidagi asosiy uchta funksiyani bajaruvchi, bank foizi 
kattaligini belgilash jarayonida namoyon bo’ladi: 
- yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini qayta taqsimlash; 
- tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyoslarda ssuda kapitallarini taqsimlash yo’li bilan, ishlab 
chiqarish va muomalani tartibga solish; 
- iqtisodiyot rivojlanishining tanglik bosqichlarida, bank mijozlari pul jamg`armalarini 
inflyatsiyadan himoyalash. 
Ssudaga olingan kapitalga to’g`ri keladigan yillik daromadni berilgan kredit miqdoriga nisbati 
sifatida belgilanadigan ssuda foizi stavkasi, kredit resurslarining narxi sifatida xizmat qiladi. 
Kredit uchun to’lash lozimligi, kredit oluvchini undan iloji boricha samaraliroq foydalanishga 
undaydi. 
Kredit uchun foiz belgilashda quyidagi omillar hisobga olinishi lozim: 
- MB tomonidan o’rnatiladigan foiz stavkasi; 
- banklararo kreditlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi; 
- jalb qilingan qo’yilmalar va depozitlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi; 
- o’z va qarz moliyaviy mablag`larining nisbati: jalb qilingan mablag`lar ulushi qanchalik katta 
bo’lsa, kredit shunchalik qimmat bo’ladi; 
- kredit resurslariga bo'lgan talab: talab qanchalik yuqori bo’lsa, kredit shunchalik qimmat 
bo’ladi; 
- kredit so’ralayotgan muddat, kredit bo’yicha tavakkalchilik darajasi; 
- mamlakatdagi moliyaviy barqarorlik: inflyatsiya surati qanchalik yuqori bo’lsa, kredit 
shunchalik qimmat bo’ladi. 
Kreditning o’zgaruvchanligi. 
Har bir potensial kredit oluvchiga nisbatan, uning faoliyat shartlaridan kelib chiqqan holda, 
turlicha yondashuv bo’lishi lozim. 
Ushbu tamoyil kredit tashkilotining turli xil kredit oluvchilarga nisbatan o’zgaruvchan 
yondashuvini belgilab beradi. 
Buning amaliy bajarilishi muayyan bankning individual manfaatlariga ham, faoliyatning ayrim 
tarmoq va sohalarini (misol uchun, fermer xo’jaliklarini) qo’llab-quvvatlash to’g`risidagi davlat 
tomonidan olib borilayotgan markazlashgan siyosatga ham bog`liq bo’lishi mumkin. 
Kreditning ta'minoti. 
Ushbu tamoyil, kredit oluvchi tomonidan kredit shartnomasining shartlari bajarilmagan taqdirda, 
kreditor mulkiy manfaatlarini himoya qilish lozimligini aks ettiradi. Mazkur tamoyilning amaliy 
ifodasi garov ta'minoti yoki moliyaviy kafolatlarda o’z aksini topadi. 


123 
Kreditning maqsadli xarakteri. 
Kredit operatsiyalarining katta qismiga taalluqli bo’lib, kreditordan olingan mablag`lar maqsadli 
sarflanishi lozimligini bildiradi. 
Tamoyilning amaliy ifodasi kredit shartnomasidagi tegishli band bilan belgilangan bo’ladi. 
Mazkur band bo’yicha majburiyatlarning bajarilmasligi kreditni muddatidan oldin qaytarish yoki 
jarima foizini kiritish uchun asos bo’la oladi. 
Umumlashtirib aytganda, kreditlarni quyidagi asosiy belgilari bo’yicha ajratish mumkin: 
Iste'molchilar guruhlari bo’yicha: 
- tijorat tashkilotlari; 
- aholi va jismoniy shaxslar; 
- davlat organlari; 
- banklar. 
Maqsadi bo’yicha: 
- iste'mol; 
- sanoat; 
- savdo; 
- qishloq xo’jaligi; 
- investitsiyaviy. 
Foydalanish muddati bo’yicha: 
- talabga qadar; 
- muddatli, ular o’z navbatida qisqa, o’rta va uzoq mudddatlilarga bo’linadi; 
Hajmi bo’yicha: 
- yirik; 
- o’rta; 
- mayda. 
Ta'minoti bo’yicha: 
- ta'minlanmagan; 
- ta'minlangan (garov, kafolat, sug`urtalangan). 
Berish usuli bo’yicha: 
- kompensatsion ssudalar - turli xil maqsadlarda foydalanish uchun hisob raqamiga kelib 
tushadigan mablag`lar; 
- to’lov ssudalari - kredit oluvchining pul hujjatlarini to’lash uchun yo’naltiriladigan pul 
mablag`lari. 
Qoplash uslublari bo’yicha: 
- asta-sekin qoplanadigan; 
- bir martada qoplanadigan. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling