Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


 Iqtisodiyotda kredit funksiyalari


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

3. Iqtisodiyotda kredit funksiyalari. 
Kreditning jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni va roli, uning bajaradigan funksiyalari bilan 
belgilanadi. 
Qayta taqsimot funksiyasi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ssuda kapitallari bozori vaqtinchalik bo’sh moliyaviy resurslarni 
xo’jalik faoliyatining bir sohasidan olib, yuqori daromad ta'minlovchi ikkinchi bir sohasiga 
yo’naltirish funksiyasini bajaradi. Kredit, dinamik tarzda rivojlanayotgan ob'ektlarning qo’shimcha 
moliyaviy resurslarga bo’lgan extiyojini qondirgan holda, iqtisodiyotni makroboshqaruvchisi rolini 
ham o’ynaydi. 
Ssuda shartnomasi orqali kreditor, qarz oluvchiga tovar-moddiy boyliklar yoki pul mablag`larini 
vaqtinchalik foydalanishga topshiradi. Har ikkala holda ham, bitim mazmuni bir xil bo’lsa ham, 
topshiriladigan ob'ekt turlicha. Ammo bu faqatgina mazkur ob'ekt tarkibiga emas, faqatgina shakliga 
tegishli, chunki shakl qanday bo’lmasin shakl emas balki qiymat qayta taqsimlanadi. 
Shunday qilib, kreditning taqsimot funksiyasiga qiymatni taqsimlash xosdir. Taqsimot hududiy 
va tarmoq belgilariga asosan ro’y berishi mumkin. Kredit munosabatlariga, joylashuvidan qat'iy nazar 
turli xil tashkilot va shaxslar kirishi mumkin. Kredit uchun kreditor va kredit oluvchi o’rtasidagi 
masofa ahamiyatga ega emas. Qiymatning bunday qayta taqsimlanishini hududlararo deb atashimiz 
mumkin.
Kredit yordamidagi tarmoqlararo qayta taqsimlash, qiymat bitta tarmoqga tegishli kreditordan, 
ikkinchi bir tarmoqga tegishli kredit oluvchiga o’tgan holda ro’y beradi. Korxonalar va banklar 
o’rtasidagi munosabatlar katta hajmda ro’y berayotgan zamonaviy pul xo’jaligida, tarmoqlararo qayta 
taqsimot xal qiluvchi rolni o’ynaydi. Banklar tomonidan jamg`arilgan mablag`lar muassasaviy 
xarakterini yo’qotgan holda bankning umumiy resurslariga aylanib ketadi, bank esa tarmoq 
korxonalaridan qancha mablag` kelib tushganidan qat'iy nazar ularga kredit taqdim etadi. 
Tarmoq ichidagi qiymat qayta taqsimlanishini, tarmoq banklari korxonalari tomonidan kredit 
olish jarayonida kuzatishimiz mumkin. 
Kredit yordamida resurslar qayta taqsimotining birinchi xususiyati shundaki, u faqatgina joriy 
yilda ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarnigina emas (yalpi mahsulot), balki oldingi yillarda yaratilgan 
moddiy boyliklarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Kreditning qayta taqsimot funksiyasi vositasida 
faqatgina yalpi va milliy mahsulot emas, balki barcha moddiy boyliklar, jamiyatning butun milliy 
boyligi taqsimlanishi mumkin, va bu qayta taqsimot funksiyasining ikkinchi xususiyatidir. Qayta 
taqsimot funksiyasining uchinchi xususiyati qayta taqsimlanayotgan qiymat jihatlariga bog`liqdir. 
Qayta taqsimot funksiyasi umuman qiymatni qayta taqsimlash bilan emas, balki aynan vaqtinchalik 
bo’sh bo’lgan qiymatnigina qayta taqsimlash bilan shug`ullanadi. Kreditning qayta taqsimot 
funksiyasini to’rtinchi xususiyati ham muhim, ya'ni vaqtinchalik bo’shagan qiymat vaqtinchalik 
foydalanishga beriladi. Beshinchi xususiyati shundaki, qiymat odatda vositachilarsiz to’g`ridan-to’g`ri 
iste'molchiga beriladi. 
Kreditning ikkinchi funksiyasi, haqiqiy pullarni kredit operatsiyalari bilan almashtirishdir. 
Zamonaviy kredit xo’jaligida bunday almashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Pullarning bir 


120 
hisob raqamidan ikkinchisiga o’tishi naqd pullik to’lovlarni kamaytirish va pul aylanmasi tuzilmasini 
yaxshilash imkonini beradi. 
Muomala xarajatlarini tejash. 
Ushbu funksiyaning amalga oshirilishi bevosita kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi. 
Xo’jalik yuritish sub'ektlarining pul mablag`larini kelib tushishi va sarflanishi o’rtasidagi vaqt oralig`i 
moliyaviy resurslarning ortiqliginigina emas, balki yetishmovchiligini ham aniqlab berishi mumkin. 
Aynan shuning uchun, o’z moliyaviy mablag`larining yetishmovchiligini vaqtinchalik qoplab 
turishga, va demak muomalaning umumiy xarajatlarini tejashga, yo’naltiriladigan ssudalar keng 
tarqalgan. 
Kapital mujassamlashuvini tezlashtirish. 
Kapitalni mujassamlashuvi jarayoni iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining zaruriy sharti bo’lib, 
har bir xo’jalik yurituvchi sub'ektning ustuvor maqsadi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish miqyosini yetarlicha kengaytirish va bu bilan qo’shimcha daromad olishga 
imkon beruvchi qarz mablag`lari, ushbu masalani yechishda aynan qo’l keladilar. 
Kredit resurslarining bir qismini kreditor bilan hisob kitoblarni amalga oshirish uchun 
yo’naltirilishiga qaramasdan, kredit resurslarini jalb qilish, faqatgina o’z mablag`lariga ishonishga 
nisbatan qulayroqdir. 
Ammo shuni ham ta'kidlab o’tish kerakki, iqtisodiy tushkunlik bosqichida (va ayniqsa bozor 
iqtisodiyotiga o’tish sharoitida) ushbu resurslarning qimmatligi, xo’jalik faoliyatining ko’pgina 
sohalarida kapital mujassamlashuvi masalasini samarali yechish imkonini bermaydi. 
Bunga qaramasdan, ko’rib chiqilayotgan funksiya, rejali iqtisodiyotda mavjud bo’lmagan yoki 
rivojlanmagan iqtisodiyot sohalarini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash darajasini tezlashtirgan holda, 
mahalliy sharoitlarda ham ijobiy samarani ta'minlaydi. 
Tovar aylanmasiga xizmat ko’rsatish. 
Ushbu funksiyani bajarish jarayonida kredit nafaqat tovar balki pul muomalasining tezlashishiga 
ham, xususan undan naqd pullarni siqib chiqargan holda, o’z ta'sirini ko’rsatadi. 
Pul muomalasi sohasiga veksellar, cheklar, kredit kartochkalari va boshqa vositalarni kiritgan 
holda, u naqd hisob-kitoblarni naqdsiz hisob-kitoblarga almashtirishni ta'minlaydi. Bu esa ichki va 
xalqaro bozorlarda iqtisodiy munosabatlar mexanizmini soddalashtiradi va tezlashtiradi. 
Ushbu masalani yechishda, tovar ayirboshlashning zamonaviy munosabatlarini zaruriy elementi 
bo’lgan tijorat krediti faol rol o’ynaydi. 
Ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi. 
Hozirgi kunda ham ilmiy-texnik taraqqiyot har bir davlat va alohida xo’jalik yuritish sub'ekti 
iqtisodiy rivojlanishining hal qiluvchi omili sanaladi. 
Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishdagi kreditning roli, kapital kiritish va foyda olish 
o’rtasidagi vaqt oralig`i boshqa tarmoqlarga nisbatan ko’proq bo’lgan ilmiy-texnik tashkilotlar 
faoliyatini moliyalashtirish jarayoni misolida ayniqsa ravshan namoyon bo’ladi. 
Aynan shuning uchun ham ko’pchilik ilmiy markazlarning faoliyatini (byudjetdan 
moliyalashtiriladigan ilmiy markazlardan tashqari) kredit resurslarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Ishlab chiqarishga ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni bevosita jalb etish shaklidagi 
innovatsion jarayonlarni amalga oshirish xarajatlari korxonalar tomonidan moliyalashtiriladi, jumladan 
o’rta va uzoq muddatli bank kreditlari hisobiga ham. 
Umuman aytganda: kredit - vaqtinchalik foydalanishga beriladigan vositalar bo’yicha kreditor va 
kredit oluvchi o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
- vaqtinchalik bo’sh pul mablag`larini jamg`arish; 
- pul mablag`larini, ularni keyinchalik qaytarilishi sharti bilan qayta taqsimlash; 
- kredit muomalasi vositalari va kredit operatsiyalarini yaratish; 
- umumiy pul aylanmasi hajmini tartibga solish. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling