Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai tarzidagi kapital


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai tarzidagi kapital, o‘zining mikdoran 
cheklanganligi, tanlovchanligi, saylanmaligi, ko‘chuvchanligi va qaltisligi tufayli soliq, valyuta, savdo 
siyosati va faoliyat muhitidagi boshqa elementlarning o‘zgarishlariga qarab hamda ular bilan bog‘liq holda harakat 
qiladi. Investitsiya kapitali jahon miqyosida kamyob, cheklangan va uni u yoki bu hukumat qarori 
bilan ko‘paytirib bo‘lmaydi. Hamma joyda investitsiya faoliyatiga bog‘lanadigan kapitalga talab katta.
Shu sababli har qanday investorning investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun 
safarbar etadigan pul shaklidagi kapital qiymati kamida ikki omilga bog‘liq bo‘lgan o‘rtacha tortilgan 
mikdordan iborat bo‘ladi. Bular: 

kapital manbalarining har birining narxi, ya`ni ularning egalari foydalanish huquqi 
uchun talab qiladigan daromaddorlik; 

moliyalashtirish manbalarining umumiy yig‘indisida har bir manbaning hissasi. 
Kapital qiymatini baholash, uning tanlov narxini (foydalanish qiymatini) yoki uning 
ishlatishning muqobil qiymatini ifodalaydi.
Demak, investitsiya kapitali qiymati kapital egalarining talabini qondirish uchun zarur 
bo‘lgan foydadan iboratdir. Bu kapitalning sof joriy qiymati esa investorlar qarz 


134 
oluvchiga beradigan mablag‘larni xuddi shu foyda bilan birga qaytarishi uchun qoldirishga rozi 
bo‘ladigan mablag‘dan iborat bo‘ladi. 
Jahon amaliyotida investitsiyalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan kapital qiymatini 
baholashda kapitalning o‘rtacha tortiladigan hamda marjinal qiymatlaridan foydalaniladi. 
Moliyalashtirishda amalda bir qancha resurslar manbalari qatnashishi munosabati bilan 
investitsiya kapitali (moliya resurslari) qiymati o‘rta hisobdagi rentabellik darajasini ta`minlash 
zarurati ta`sirida shakllanadi.
Shunday qilib, investitsiya kapitali qiymatini baholash joriy qiymatni diskontlash usulini 
qo‘llashga asoslanadi, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlaridan 
foydalaniladi hamda asosan, qimmatli qog‘ozlar bozori orqali pul resurslarini jalb qilishga 
qaratiladi. Investitsiya resurslari qiymatini baholash bilan investitsiyalash sub`ektlarining investitsiya 
imkoniyatlari aniqlanadi va ularning o‘zgarishlari, qonuniyatlari topiladi. 
Investitsiya resurslari qiymatini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: 
1. Statistik usullar. Bu usullarda vaqt omili hisobga olinmaydi yoki to‘liq darajada hisobga 
olinmaydi. Bularning uchta usullari mavjud: 

xarajatlarni taqqoslash; 

foydani taqqoslash; 

rentabellikni taqqoslash (investitsiyalar bilan bog‘liq risklarni aks ettiradigan xarajatlarning 
qoplanish usuli). 
2. Dinamik usullar. Bu usullarda to‘lovlar va tushumlarning vaqt bilan bog‘liqligi hisobga 
olinadi. 
1. 

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling