Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Download 4.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/230
Sana23.11.2023
Hajmi4.03 Mb.
#1795985
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   230
Bog'liq
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Monitoring loyiha holatini kuzatish, uni baholash, loyihaning istiqbolini belgilashni yoki 
loyihaning amalga oshirilishini kuzatib borishni nazarda tutadi.
Unga quyidagilar kiradi: 

moliyalashtirilayotgan loyihani amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotlar 
tahlili; 

ishning ahvolini bevosita loyiha amalga oshirilayotgan joyda tekshirish; 

maqsadli taftishlar, auditorlik tekshiruvlari; 

loyihaning tugallanganligi to‘g‘risida hisobot tuzish (unda xarajatlarning qoplanishi, 
mahsulotni sotish chiqimlarini baholash ham nazarda tutiladi). 
Investitsiya loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishda asosiy e`tibor investitsiya 
imkoniyatilarining tahliliga, jalb etilayotgan resurslar qiymatini baholashga hamda noaniqlik 
tahliliga, risklarni pasaytirish usullari, ularni investitsiya qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanishiga 
qaratish zarur bo‘ladi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil qilish va baholashda pul oqimlarini diskontlash usuli bilan 
amalga oshirish talab etiladi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda sof diskontlangan 
daromad, daromaddorlik indeksi, ichki daromaddorlik me`yori, xarajatlarning qoplanish muddati 
ko‘rsatkichlaridan foydalanish talab etiladi.
 2. Kapital qiymati tushunchasi 
Milliy iqtisodiyot darajasida ham, iqtisodiy sub`ektlar darajasida ham yangi investitsiyalarni 
amalga oshirish uchun pul mablag‘larini (pul kapitalini) topish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu pul 
mablag‘lari investitsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilishi bilan investitsiya kapitali shakliga 
ega bo‘ladi. 
Investitsiya kapitalining pul kapitalidan tub farqi shundan iboratki, loyiha tahlili asosida biron 
bir jarayonga, muayyan muddatga, muayyan maqsadda investitsiya kapitalini bog‘lash to‘g‘risida 
qaror qabul qilinadi. Investitsiya kapitalini safarbar etilishida va investitsiya loyihasini amalga 
oshirish davomida muqarar ravishda aniq va noaniq (oldindan payqashning iloji bo‘lmagan) 
risklar yuzaga keladi.

Download 4.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling