Microsoft Word 1-ma'ruza docx


Download 145.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.01.2023
Hajmi145.82 Kb.
#1084223
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza

So‘z birikmasi 
Odatda, nutqda, gapda so‘zlar ma’lum qonun-qoidalar asosida o‘zaro ma’no va grammatik 
jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, qiziqarli kitob, tog`ga chiqmoq, tez o‘qimoq. Bunday juftlik 


bir butunlik hosil qilib, yaxlit, lekin o‘z ichida qismlarga bo‘linadigan bir butun tushunchani 
bildiradi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘z va so‘z shakllarning nopredikativ tobe aloqasi 
asosida birikishidan hosil bo‘lgan bog‘lanma so‘z birikmasi deyiladi. 
So‘z birikmasi mustaqil so‘zlarning bog‘lanishidan hosil bo‘ladi, yordamchi so‘zlar 
(ko‘makchilar) o‘z oldidagi mustaqil so‘z bilan birga birikmaning bir qismi, a’zosi sanaladi. 
Masalan, do‘stlik haqida suhbatlashmoq, qarsaklar bilan olqishlamoq kabi. 
So‘z birikmalarining tasnifi 
So‘z birikmalari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi: 
1. So‘z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko‘ra. 
2. So‘z birikmalarining tuzilishiga ko‘ra. 
So‘z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko‘ra tasnif qilinganda, hokim a’zoning 
qaysi so‘z turkumidan ekanligi, tobe a’zoning sintaktik vazifasi asosga olinadi. 
So‘z birikmalari hokim qismning qaysi so‘z turkumidan ekanligiga ko‘ra quyidagi turlarga 
ajratiladi: 1) otli birikma; 2) fe’lli birikma; 3) sifatli birikma; 4) ravishli birikma; 5) modal 
so‘zli birikma. 
1. Otli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi vazifasida ot, otlashgan so‘zlar keladi 
va u quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi: 
Hokim a’zo vazifasida ot keladi: g‘ayratli odam, samimiy inson, ezgu niyatli kishi
Hokim a’zo sifatida olmosh keladi: bolaning o‘zi, Karimaning o‘zi. 
Hokim so‘z sifatida otlashgan sifat keladi: kishilardan eng mardi, qizlarning sarasi
Hokim a’zo vazifasida otlashgan son keladi: talabalarning beshtasi, o‘quvchilardan biri
Hokim a’zo vazifasida otlashgan olmosh keladi: tilaklarning barchasi, kutib 
oluvchilarning hammasi
Hokim a’zo vazifasida otlashgan sifatdosh keladi: onamlarning aytganlari, bolalarning 

Download 145.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling