Microsoft Word 1-ma'ruza docx


Download 145.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana08.01.2023
Hajmi145.82 Kb.
#1084223
  1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza



So‘zlarning tеng va tobе bog‘lanishi, so‘z birikmasi, uning turlari.
Reja: 
1. So‘zlarning tеng va tobе bog‘lanishi 
2. So‘z birikmasi 
3. Uning turlari 
Sintaksis haqida umumiy ma’lumot 
Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so‘zidan olingan) grammatikaning bir bo‘limi 
bo‘lib, so‘zlarning birikish yo‘llari, so‘z birikmasi, gap, uning turlari, xususiyatlarini tekshiradi. 
Sintaksis, bir tomondan, so‘z va so‘zshakllarning, shuningdek, gaplarning aloqa qilish, 
birikish yo‘llarini tekshirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum bog‘lanish asosida yuzaga keladigan 
sintaktik birliklarni o‘rganadi. 
So‘z birikmasi, gap, gap bo‘laklari asosiy sintaktik birliklar, sintaktik kategoriyalar 
hisoblanadi. 
Sintaktik aloqa turlari 
So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi: 1) teng 
bog‘lanish yoki teng aloqa; 2) tobe bog‘lanish yoki tobe aloqa. 
Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan biri ikkinchisiga bo‘ysunmagan 
so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so‘zlar yoki gaplar o‘zaro teng 
bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar, ohang yordamida munosabatga kirishadi.
Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz o‘rganib 
dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur).
Birinchi misolda eng maqbul, go‘zal so`zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq sifatlovchi
vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir
gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan. 
Tobe bog‘lanishda biri hokim, ikkinchisi tobe bo‘lgan a’zolar (so‘zlar, ergash gapli 
qo‘shma gap qismlari) o‘zaro aloqaga kirishadi. Ularning biri ikkinchisini aniqlash, izohlash, 
to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Aniqlaydigan, izohlaydigan, to‘ldiradigan a’zosi tobe
izohlanadigan a’zo hokim deb yuritiladi: 1. Kitobni o‘qimoq, qiziqarli voqea. 2. Kimning himmati 
baland bo‘lsa, qadr-qimmati ham bo‘ladi (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda so‘z 
birikmasi tarkibidagi so‘zlardan biri hokim qism (o‘qimoq, voqea), ikkinchisi (kitobni, qiziqarli) 
tobe a’zo bo‘lib kelgan. Ikkinchi misolda ergashgan qo‘shma gapning qismlaridan biri «qadr-
qimmati ham baland bo‘ladi» hokim a’zo, bosh gap sifatida, ikkinchisi «kimning himmati baland 
bo‘lsa» tobe a’zo ergash gap sifatida qatnashgan. Shunday qilib, bog‘lanishning ikki xil turini 
so‘zlar orasida ham, gaplar orasida hamkuzatish mumkin. (Gaplar orasidagi bog‘lanish haqida 
«Qo‘shma gap» bo‘limida baxs yuritiladi). 
So‘zlar orasidagi tobe bog‘lanish ikki xil bo‘ladi:
1) predikativ tobe bog‘lanish; 2) nopredikativ tobe bog‘lanish. 
Ega va kesimning bog‘lanishi predikativ tobe bog‘lanish hisoblanadi va bunday 
bog‘lanishdan gap hosil bo‘ladi. Tobe (ergash) bog‘lanishning qolgan ko‘rinishlari 
(aniqlovchi+aniqlanmish, to‘ldiruvchi+to‘ldirilmish, hol+hollanmish) nopredikativ tobe 
bog‘lanish bo‘lib, bunday bog‘lanishdan so‘z birikmasi yuzaga keladi. 

Download 145.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling