Microsoft Word 1-ma'ruza docx
Download 145.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z birikmalarining tasnifi
- 1. Otli birikma.
So‘z birikmasi
Odatda, nutqda, gapda so‘zlar ma’lum qonun-qoidalar asosida o‘zaro ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Masalan, qiziqarli kitob, tog`ga chiqmoq, tez o‘qimoq. Bunday juftlik bir butunlik hosil qilib, yaxlit, lekin o‘z ichida qismlarga bo‘linadigan bir butun tushunchani bildiradi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘z va so‘z shakllarning nopredikativ tobe aloqasi asosida birikishidan hosil bo‘lgan bog‘lanma so‘z birikmasi deyiladi. So‘z birikmasi mustaqil so‘zlarning bog‘lanishidan hosil bo‘ladi, yordamchi so‘zlar (ko‘makchilar) o‘z oldidagi mustaqil so‘z bilan birga birikmaning bir qismi, a’zosi sanaladi. Masalan, do‘stlik haqida suhbatlashmoq, qarsaklar bilan olqishlamoq kabi. So‘z birikmalarining tasnifi So‘z birikmalari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi: 1. So‘z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko‘ra. 2. So‘z birikmalarining tuzilishiga ko‘ra. So‘z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko‘ra tasnif qilinganda, hokim a’zoning qaysi so‘z turkumidan ekanligi, tobe a’zoning sintaktik vazifasi asosga olinadi. So‘z birikmalari hokim qismning qaysi so‘z turkumidan ekanligiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: 1) otli birikma; 2) fe’lli birikma; 3) sifatli birikma; 4) ravishli birikma; 5) modal so‘zli birikma. 1. Otli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi vazifasida ot, otlashgan so‘zlar keladi va u quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi: Hokim a’zo vazifasida ot keladi: g‘ayratli odam, samimiy inson, ezgu niyatli kishi. Hokim a’zo sifatida olmosh keladi: bolaning o‘zi, Karimaning o‘zi. Hokim so‘z sifatida otlashgan sifat keladi: kishilardan eng mardi, qizlarning sarasi. Hokim a’zo vazifasida otlashgan son keladi: talabalarning beshtasi, o‘quvchilardan biri. Hokim a’zo vazifasida otlashgan olmosh keladi: tilaklarning barchasi, kutib oluvchilarning hammasi. Hokim a’zo vazifasida otlashgan sifatdosh keladi: onamlarning aytganlari, bolalarning Download 145.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling