Microsoft Word 1-ma'ruza docx


o‘qiyotgani va b.  Hokim a’zo vazifasida otlashgan ravish keladi:  jumhuriyatimizning buguni


Download 145.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.01.2023
Hajmi145.82 Kb.
#1084223
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza

o‘qiyotgani va b. 
Hokim a’zo vazifasida otlashgan ravish keladi:  jumhuriyatimizning buguni, ishlarning ko‘pi. 
Hokim a’zo sifatida otlashgan undov so‘z keladi: ularning dod-voyi, bolalarning qiy-
chuvi
Hokim a’zo vazifasida otlashgan taqlid so‘z keladi: otlarning dupur-dupuri, to‘plarning 
gumbur-gumburi
Ko‘rinadiki, otli so‘z birikmasi qismlari bitishuv, muvofiqlashuv va boshqaruv yo‘li bilan 
grammatik aloqaga kirishadi. Otli birikma so‘z shakli bilan so‘zning (leksemaning) yoki ikki so‘z 
shakllarning bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. 
2. Fe’lli birikma. Bunday birikmaning hokim qismi fe’l bilan ifodalanadi: tez ishlamoq
oldinda yurmoq, diqqat bilan tinglamoq, kulib gapirmoq
Fe’lli birikmaning a’zolari o‘zaro bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. Fe’lli so‘z 
birikmasi so‘z shakl bilan so‘zning (leksemaning) o‘zaro bog‘lanishidan yuzaga keladi. 
3. Sifatli birikma. Mazkur birikmada hokim so‘z otlashmagan sifat bilan ifodalanadi
birikmaning qismlari boshqaruv yo‘li bilan sintaktik munosabatga kirishadi: akasidan kuchli
singlisidan ziyrakroq
4. Ravishli birikma. Bunday birikmaning hokim so‘zi otlashmagan ravish bilan 
ifodalanadi. Ravishli so‘z birikmalarida tobe va hokim qismlar o‘zaro boshqaruv yo‘li bilan 
bog‘lanadi: raketadan tez, toshbaqadan sekin
5. Modal so‘zli birikma. Bunda modal so‘z birikmaning hokim so‘zi sifatida keladi. 
Birikma boshqaruv yo‘li bilan tuziladi: bizga kerak, o‘quvchilarda bor


Sifatli, ravishli, modal so‘zli birikmalar ham fe’lli birikma singari so‘zshakl bilan so‘z 
(leksema)ning o‘zaro bog‘lashi natijasida hosil qilinadi.
So‘z birikmalari, tobe a’zoning sintaktik vazifasiga ko‘ra, quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) 

Download 145.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling