turi yaratiladi (7.1-rasm):
-
ishlab chiqarish
zaxiralari;
-
tovar zaxiralari;
O‘z navbatida ularning har biri ham uchta turga bo‘linadi:
-
joriy zaxiralar;
-
ehtiyot zaxiralar;
-
mavsumiy zaxiralar;
Ishlab chiqarish zaxiralari - bu ishlab chiqarish iste'moli uchun mo‘ljallangan, moddiy
ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari korxonalarida mavjud bo‘lgan zaxiralardir. Bu zaxirani
yaratishdan maqsad - ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta'minlashdir. Misol tariqasida
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonasidagi ushbu mahsulotlar zaxirasini
keltirish mumkin.
Tovar zaxiralari - bu ishlab chiqaruvchi korxonalardagi tayyor mahsulot zaxiralari, va
shuningdek yetkazib beruvchidan iste'molchiga qadar bo‘lgan yo‘ldagi zaxiralardir (ulgurji va
chakana savdo korxonalaridagi).
Tovar zaxiralari o‘z navbatida ishlab chiqarish vositalarining
tovar zaxiralari va
iste'mol buyumlarining tovar zaxiralariga bo‘linadi. Masalan, traktor ishlab chiqarish uchun
lozim bo‘lgan qismlar (shina, motor va x.) zaxirasi bu ishlab
chiqarish vositalari tovar
zaxirasidir. Turli xil sharbatlar, yog‘, sut mahsulotlarining zaxirasi esa bu iste'mol
buyumlarining tovar zaxiralariga kiradi.
Aytib o‘tilganidek ishlab chiqarish zaxiralari ham joriy, ehtiyot va mavsumiylarga
bo‘linadi.
Joriy zaxiralar - ishlab chiqarish va tovar zaxiralarining asosiy qismini tashkil
Do'stlaringiz bilan baham: