9.2. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish jarayonlarida transport
vositalarining turlarini va sonini tanlash
Transport vositalarining turlari va sonini aniqlash vazifasi logistikaning boshqa
masalalari bilan aloqadorlikda yechiladi. Muayyan bir tashish uchun optimal bo‘lgan transport
turini tanlash asos bo‘lib bo‘lib, transportning xar xil turlarining xususiyatlari to‘grisidagi
axborot xizmat qiladi. Logistika nuqtai nazaridan transportning asosiy turlarini ustunlarini va
kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz.
Avtomobil transporti. Kisqa masofalarga (200-300km) tashishlarni amalag oshirish
uchun avtomobil transporti ishlatiladi. Asosiy usutunliklardan biri - yuqori harakatchanligidir.
Avtomobil transporti yordamida yuk «eshikdan eshikgacha» zaruriy tashishning tezkorlik bilan
yetkazishi mumkin. Transportning bu turi yetkazishlar muntazamligini hamda kichik
hajmlardan yetkazishlar imkoniyatini ta'minlaydi. Bu yerda, boshqa turlarga nisbatan mahsulot
qadoqiga u daraja qattiq talablar qo‘yilmaydi.
Avtomobil transportining asosiy kamchiligi bu tashishlar tannarxining nisbatan
yuqoriligi. Odatda tashish uchun to‘lov avtomobilning maksimal yuk kutara olishi buyicha
olinadi. Bu turning boshqa kamchiliklariga quydagilarni kiritish mumkin: yukni tushirishni
shoshilinchligi, yukni va avtotransportni o‘g‘irlash mumkinligi, nisbatan kam yuk ko‘tara
olishi. Avtomobil transporti ekologiya jihatdan ham noqulay, bu esa uni ishlatish imkoniyatini
kamaytiradi.
Temir yul transporti. Transportning bu turi yuklarning turli hajmlarini (partiyalarini)
barcha ob-havo sharoitlarida tashish uchun qulaydir. Temir yul transporti yukni nisbatan tez
vaqtda masofalarga yetkazish imkoniyatini ta'minlayli.Tashishlar muntazam amalga oshiriladi.
Bu yerda ortish-tushirish ishlarining samarali bajarilishini tashkil etish mumkin.
Temir yo‘l transportining muhim ustunligi, bu yuklarni tashishning nisbatan past narxi
va chegirmalar mavjudligidir.
Temir yo‘l transportining kamchiliklariga tashuvchilar sonining cheklanganligini va
iste'mol joylariga yetkazish imkoniyati pastligidir, ya'ni temir yul o‘tkazilmaganda avtomobil
transportidan foydalanishga tug‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |