Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta'minot funksiyalarini amalga


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/73
Sana01.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1736565
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73
Bog'liq
agrologistika

4.2 Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta'minot funksiyalarini amalga 
oshirish 


Logistika konsepsiyasiga muvofiq, korxonani mehnat buyumlari bilan 
ta'minlash jarayonida moddiy oqimlarni boshqarishga tizimli yondashishni amalga 
oshirish bo‘yicha tadbirlar ham bo‘lishi lozim. 
Xarid logistikasining oldingi paragrafdagi vazifalarini bajarishning
O‘zbekiston sharoitida murakkablashuviga yaqin o‘tmishimiz sabab. Ilgari korxonalar 
oldida bunday vazifalar umuman turmasdi, chunki resurslar qayta taqsimlanardi. 
Ta'minotni tashkil etishning ikki variantini ko‘rib chiqaylik. Ular, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonani xom ashyo bilan ta'minlash 
jarayonida moddiy oqimlarni boshqarishga tizimli yondashish imkoniyatlari borasida 
bir-biridan prinsipial tarzda farqlanadilar. 
4.1-rasmda, tepada qayd etilgan masalalar har xil funksional bo‘limlar 
o‘rtasida taqsimlangan korxonaning tashkiliy tuzilmasi taqdim etilgan. Bunda ko‘rinib 
turibdiki, nima sotib olish va qancha sotib olish masalasi ishlab chiqarish bo‘yicha 
masala rahbariyat tomonidan yechiladi.
4.1-Rasm. Ta'minot funksiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlar va 
masalalar 
4.2-rasmda keltirilgan variantda, korxona ta'minoti bo‘yicha barcha 
funksiyalarni bir qo‘lda, masalan moddiy-texnikaviy ta'minot bo‘limiida, 
mujassamlanishi ko‘zda tutiladi. 
Xarid qilingan mehnat buyumlarini omborga qo‘yish ishlari ham shu yerda 
bajariladi. 
Ta'minot ishlari ham shu yerda bajariladi, ya'ni shartnomalar tuziladi, ularning 
bajarilishi nazorat qilinadi, sotib olingan mahsulotlarni yetkazish tashkil etiladi. 
Natijada ta'minot jarayonidagi moddiy oqimlarni boshqarish funksiyasi har xil 
bo‘limlar orasida taqsimlangan va uni samarali amalga oshirilishi qiyinlashgan 
vaziyatga duch kelamiz. 
Bunday tuzilma, mehnat buyumlarini xarid qilish bosqichida moddiy 
oqimlarni logistik optimallashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling