2.
Mahsulotning vositachidagi narxi, ishlab chiqaruvchinikidan past bo‘lishi
mumkin. Faraz qilaylik, ishlab chiqaruvchi quyidagi narxlarda o‘z mahsulotini sotadi:
A) kichik hajmdagi xaridorlar uchun – 10 so‘m (bir birlik mahsulotga)
B) yirik hajmdagi xaridorlar uchun – 8 so‘m (bir birlik mahsulotga)
Vositachi, yirik partiyani 8 so‘mdan
sotib oladi, va uni mayda xaridorlarga,
ustiga 12% qo‘shib, 8so‘m 96 tiyindan sotadi. Vositachi
bu ishni amalga oshirishi
mumkin, chunki u aynan yirik partiyalarni maydalashtirish bilan shug‘ullanadi. Ishlab
chiqaruvchiga esa bu ish qimmatga tushadi, va u 10 so‘mdan sotishga majbur.
3.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi, vositachidan ko‘ra
uzoqroqda joylashgan
bo‘lishi mumkin. Bu degani transport xarajatlari ham qo‘shilib, narx orasidagi farq
yanada oshib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: