Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5-Rasm. Bozor talabiga qarab amal qiluvchi logistik tizim
4.6. Tez amal qilish uslubi
Tez amal qilish uslubi «aniq muddatga» tizimining rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan. Bu uslub – chakana savdo korxonalariga va taqsimot markazlariga mahsulot yetkazib berishlarni rejalashtirish va tartibga solish uslublarini o‘z ichiga oladi. Uning asosida esa, savdo korxonasi, uning yetkazib beruvchisi va transport o‘rtasidagi logistik o‘zaro aloqa yotadi. Uslub mazmuni uning nomida aks ettirilgan: bozorda paydo bo‘lgan talabga qarab logistik tizimning tez amal qilishi (4.5-rasm). 4.5-Rasm. Bozor talabiga qarab amal qiluvchi logistik tizim Agarda yetkazib beruvchi ishlab chiqarish korxonasi bo‘lsa, u operativ tarzda o‘z ishlab chiqarishini, yangi mahsulot chiqarish maqsadida, qaytadan tashkil etishi lozim. yetkazib beruvchi bozordagi real talab xaqidagi axborotni tezda olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqaruvchi korxonadan savdo korxonasiga biror-bir mahsulot, o‘sha mahsulotga real ehtiyoj paydo bo‘lishi extimoli yuqori bo‘lgandagina yetkazib beriladi. Buyurtmani topshirish va mahsulotni yetkazish hyech qanday tutilishsiz amalga oshishi kerak. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonani oladigan bo‘lsak, u o‘z ishlab chiqarishini tezda bir mahsulotdan ikkinchi mahsulotga o‘tkaza olsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tez amal qilish uslubi uchta texnologiya va biznesning yangi konsepsiyasini qo‘llashga asoslangan: Birinchi texnologiya: mahsulot shtrix kodlarini avtomatik ravishda aniqlash. Xozirgi vaqtda nima sotilayotgani to‘g‘risida aniq ma'lumotni tez yig‘ishga imkon beradi. Ikkinchi texnologiya: ma'lumotlarning elektron almashinuvi. Bu nafaqat internet, balki korxonalarga hujjatlangan ma'lumotlar bilan operativ almashish imkonini beruvchi boshqa standartlar majmuasi hamdir. Uchinchi texnologiya: yuk birliklarini (masalan, tashish konteynerlarini) avtomatik aniqlanishi. Biznesning yangi konsepsiyasi, bu tovar harakatida ishtirok etuvchi tashkilotlar orasidagi hamkorlik tuyg‘usidir. Ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvi nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Masalan, 80chi yillarning oxirida A+Shda 90%tovarlarda shtrix kod mavjud edi. Ammo tez amal qilish texnologiyasi bilan atigi bir necha yuzta hamkorlar o‘zaro bog‘langan edilar xolos. Joriy etishning sekinligiga texnologiya yangiligi emas, balki ishtirokchilar (chakana savdogarlar, distribyutorlar, ishlab chiqaruvchilar) orasidagi bir-biriga bo‘lgan ishonchsizlik tuyg‘usi sabab. Tarixan shunday bo‘lganki har bir tashkilot ko‘proq foyda olishni, va bu ishni boshqa tashkilot foydasi hisobiga amalga oshirishni ko‘zlaydi. Ushbu raqiblik munosabatlarini yengish, texnik-texnologik masalalarni yechishdan ham murakkabroqdir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling