Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
partiyada sifatsiz mahsulot bo‘lishi mumkin emas
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
partiyada sifatsiz mahsulot bo‘lishi mumkin emas. yetkazib beruvchi va xaridor orasidagi, «aniq muddatga» tizimini qo‘llash imkonini beruvchi munosabatlar uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari va shartnomalar asosida barpo etiladi. Shundagina barcha masalalar bo‘yicha ikkala tomonni ham qoniqtiradigan yechimlarni topish mumkin. «Aniq muddatga» tizimi yetkazib beruvchilarni, oddiy ta'minot sharoitidagiga nisbatan, kamroq zaxira bilan ishlashini ko‘zda tutadi. Demak, logistik jarayonning barcha ishtirokchilariga qo‘yilgan talab yanada kuchayadi, shu jumladan transportchilarga ham. Shuning uchun ham oddiy sharoitda tashuvchi tanlayotganda asosiy e'tibor tashish narxiga qaratilsa, «aniq muddatga» tizimida tashuvchini belgilangan muddatga yetkazib bera olish kafolatiga e'tibor beriladi. «Aniq muddatga» tizimini qo‘llash ishlab chiqarish va tovar zaxiralarini keskin kamaytirishga imkon yaratib, ombor quvvatlari va xodimlariga bo‘lgan talabni kamaytiradi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda bu tizim quyidagi sxemalarning biri bo‘yicha amalga oshadi: Chakana savdo korxonasi ombori – do‘kon Ulgurji savdo korxonasi ombori – do‘kon Xo‘jalik xo‘jaligi – do‘kon «Aniq muddatga» tizimini qo‘llash juda ham mashaqqatli ishdir. Uni qo‘llashdan oldin, «aniq muddatga» tizimi uslubi bo‘yicha ishlash eng katta samara berishi mumkin bo‘lgan ahamiyatli pozitsiyalarni aniqlash maqsadida, yetkazib berilayotgan tovar yoki ishlab chiqarish resurslari assortimentini differensiatsiyalash kerak. Differensiatsiya quroli sifatida turli tahlil usullarini qo‘llash mumkin. «Aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan olinadigan asosiy samarani quyidagicha ifodalasak bo‘ladi: - yetkazib berishlarning texnologik zanjiridagi bir qator operatsiyalar chiqarib tashlanadi; - joriy zaxiralar kamayadi, chunki mehnat buyumlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sexga yoki do‘konga borib tushadi; - yaxshi ma'lum bo‘lgan yetkazib beruvchilar va tashuvchilar bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatilishi hisobiga yetkazib berishlarning ishonchliligi oshadi, bu esa sug‘urta xarajatlari kamayishiga olib keladi; - yaqin masofada joylashgan yoki omborlari mavjud yetkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida yo‘l xarajatlari ham kamayadi; - mahsuloti sertifikatlangan yetkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida, mahsulot sifati ham oshadi; - «aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan ikki tomonlama manfaat ko‘zlanadi, bu esa yetkazishlar ishonchliligining oshishiga olib keladi. «Aniq muddatga» tizimini qo‘llash oldida turgan ayrim muammolarga ham to‘xtalib o‘tish lozim. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling