Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


 Agrologistik tizim va modiy oqimlar tushunchasi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/73
Sana01.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1736565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Bog'liq
agrologistika

 
2. Agrologistik tizim va modiy oqimlar tushunchasi 
Logistik tizim tushunchasi, logistikaning asosiy (negiz) tushunchalaridan biri 
hisoblanadi. Iqtisodiy mexanizmlar faoliyatini ta'minlovchi turli xil tizimlar mavjud. 
Ushbu ko‘plikdan aynan logistik tizimlarni, ularni tahlil qilish va yanada 
takomillashtirish maqsadida, ajratish lozim. 
Logistik tizim xaqida gap yuritishdan oldin, «tizim» tushunchasini ta'riflab 
o‘tamiz. Tizim (yunonchadan olingan bo‘lib - qismlardan tashkil topgan bir butun; 
birlashma ma'nosini anglatadi) – bu muayyan bir butunlikni paydo qiluvchi, va bir-
biri bilan aloqa va munosabatlarda bo‘luvchi unsurlar ko‘pligidir. +uyidagi 4-ta 
xususiyatga ega bo‘lgan ob'ektni bemalol «tizim» deb atashimiz mumkin: 
1.
butunlik va alohidalik 
2.
o‘zaro aloqa 
3.
tashkil etish, tartib 
4.
integrativ jihatlar (ya'ni faqat unsurlar birgaligida yuzaga keladigan 
xususiyatlar) 
Moddiy oqimlar harakati malakali xodimlar tomonidan, turli xil texnika: 
transport vositalari, ortish-tushirish uskunalari va boshqalar yordamida amalga 
oshiriladi. Shuningdek, logistik jarayonga turli bino va inshootlar ham jalb etilgan 
bo‘ladi. Jarayonning kechishi esa harakatlanayotgan va yig‘ilayotgan yuklarning
ushbu jarayonga tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liq. Yuklar o‘tishini ta'minlovchi 
ishlab chiqarish kuchlarining yig‘indisi, yaxshimi yomonmi, ammo tashkil etilgan. 
Umuman olganda, biror-bir moddiy oqimlar mavjud bo‘lsa, qandaydir tovar 
o‘tkazuvchi tizim ham mavjud bo‘ladi. Odatda, bunday tizimlar maxsus 
loyihalanmasdan, ayrim unsurlarning (turli korxonalar yoki ularning bo‘limlari) 
faoliyati natijasida yuzaga keladilar. 
Logistika, bir-biri bilan kelishilgan material o‘tkazuvchi (logistik) tizimlarni 
loyihalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Ushbu tizimlardan chiquvchi moddiy 
oqimlar parametrlari oldindan berilgan bo‘ladi. Bu tizimlar, ularga kiruvchi ishlab 
chiqarish kuchlarining yuqori darajada kelishilganligi bilan, boshqalardan farq 
qiladilar. 
Yuqorida aytib o‘tilgan tizimning 4-ta xususiyatini, logistik tizimga nisbatan 
ko‘rib chiqamiz: 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling