Sanoat klasterlarida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning nazariy uslubiyati


Download 19.28 Kb.
bet1/3
Sana04.05.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1425915
  1   2   3
Bog'liq
Nuraliyev Z. (2)


SANOAT KLASTERLARIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHNING NAZARIY USLUBIYATI.
B21-16u guruh talabasi Nuraliyev Z. +998935990894
Toxirov A. T. katta o’qituvchi, +998909090175

Mamlakatimiz real sektor korxona va tarmoqlarinig rivojlanishi, ularni boshqarishda korporativ yondashuvning shaklalanishi, boshqarishga yangicha uslublarni kirib kelishi rivojlanmoqda. Korporativ korxonalarni boshqarishda iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka erishi bugungi kunda dolzarb masala bo’lmoqda. Iqtisodiy barqarorlikka erishgan korxona bu barqarorlikni saqlab qolishga intiladi va korxona boshqaruvida iqtisodiy xavfsizlik tizimini tashkil qilishga harakat qiladi. Iqtisodiy xavfsizlik tizimi xaqida so’z yuritishdan oldin biz korxonaning iqtisodiy xavfsizlik o’zi nima? – degan savolga javob berishimiz kerak.


Korxona miqyosida “Iqtisodiy havfsizlik” deganda – korxonaning ichki va tashqi tasirlarga bardoshliligi, ishlab chiqarish yoki hizmat ko‘rsatish faoliyatida barqarorlikni saqlab qolish orqali kuchli raqobatga bardosh berib, bozordagi o‘z o‘rnini mustahkamlash va kengaytirishdir. Mutaxassislarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqishda unga ta’sir etuvchi barcha omillarni va birinchi navbatda iqtisodiyotning samaradorligini oshirishni hisobga olish kerak bo’ladi. Iqtisodiy xavfsizlik tizimida boshqaruvning sifati, samaradorlik ko’rsatkichlari korporativ korxonalarda boshqaruv jarayoniga sarf etiladigan xarajatlar va ularning samaradorligi hamda qaror qabul qilishda maqbul yechimlarni tanlash va bu qarorlarni sifat jihatdan baholash muhimdir.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida Sanoat, xizmat ko’rsatish sohalarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish davlat dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. «Klaster» tushunchasi ilk bor 1990 yilda Maykl Porter tomonidan «Davlatlarning raqobatdosh afzalligi» nomli asarida keltirilgan. 10 ta sanoat jihatdan rivojlangan davlatlarning rivojlanish tarixini tahlil qilgach, Maykl Porter klasterlarning paydo bo‘lishi iqtisodiy rivojlanish va sanoatlashtirish jarayoni tarkibining ajralmas qismidir degan fikrga kelgan. Shunday qilib, klaster – o‘zaro bog‘liq korxonalarni birlashtirishning bir shakli bo‘lib, bu hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Tashkillashtirish shakli jihatidan, klaster – vertikal ravishda integratsiyalangan tuzilma deyish mumkin.
Sanoat klasterlarining moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy samaradorligi nuqtai nazaridan iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashning buxgalteriya hisobi, tahliliy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini o'rganish kerak. Ushbu masalalar sanoatning turli xildagi faoliyatning yuqori darajadagi avtomatlashtirish va raqamlashtirish bilan texnologik jarayonning murakkabligi, talablar va faoliyat standartlarining keng doirasi mavjudligi, logistika va transport oqimlari sharoitlarining o'zgarishi va korxonalarning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati sifatiga qo'yiladigan talablar, innovatsiya-tadqiqot ishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun yuqori xarajatlar, turli bozorlarning ishlashini huquqqiy tartibga solish mexanizmining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish sohasi uchun dolzarbdir. Sanoat klasterlarining iqtisodiy xavfsizligi tizimi barcha makonlarga xos bo’lgan umumiy to’rtta muxim belgisini ajratib ko’rsatamiz:

  • biznes jarayonlarning barqarorligi;

  • bozor pozitsiyasining barqarorligi;

  • moliya sohasida qabul qilinadigan qarorlarning samaradorligi;

  • xo'jalik operatsiyalarini amalga oshirishda xodimlar harakatlarining samaradorligi.

Har bir kontekstda kompaniyaning balanslangan ko'rsatkichlari tizimiga asoslanib, iqtisodiy xavfsizlikning aniq ko'rsatkichlarini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiy xavfsizlik korxonaning o'ziga xos funktsional strategiyasi sifatida tushuniladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, iqtisodiy xavfsizlik tizimini quyidagi klasster blok elementlari bilan ifodalash mumkin:


Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling