Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4 –Rasm. 128-kod. Qo‘shimcha axborot kodlash uchun boshqa kodlar bilan ishlatiladi 11.5 – Rasm EAN-13 kod. Birinchi 3ta raqam mamlakat kodi, ikkinchi 6ta
11.3-Rasm. ITF-14 kod
Logistikada boshqa kodlarga qo‘shimcha ravishda 128-kodi ishlatilishi ham mumkin (11.4 rasm). Ushbu kod bilan partiya raqami, ishlab chiqarish sanasi, realizatsiya muddati va boshqalar kodlangan bo‘lishi mumkin. Muomala sohasida esa EAN kodi (11.5 rasm) keng tarqalgan, uni ommaviy iste'mol tovarlarida tez uchratib turish mumkin. 11.4 –Rasm. 128-kod. Qo‘shimcha axborot kodlash uchun boshqa kodlar bilan ishlatiladi 11.5 – Rasm EAN-13 kod. Birinchi 3ta raqam mamlakat kodi, ikkinchi 6ta raqam korxona kodi va keyingi 3ta raqam mahsulot kodi. Oxirgi 1ta raqam kontrol kodi. Kodni to‘g‘ri hisoblanganini ko‘rsatadi Logistikada shtrix kodlarni avtomatik aniqlash texnologiyasini qo‘llash, logistik jarayonning barcha bosqichlarida moddiy oqimlarni boshqarishni yaxshilash imkonini beradi. Uning asosiy ustunliklarini aytib o‘tamiz. Ishlab chiqarishda: - mahsulotlar va ularni butlovchi qismlarini har bir uchastkadagi harakatini va shuningdek umuman korxonadagi logistik jarayonning holatini, hisobga olish va nazorat qilishning yagona tizimi barpo etilishi; - yordamchi personal va hisobot hujjatlar sonini kamayishi, xatolar yo‘qolishi; Ombor xo‘jaligida: - moddiy oqimni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilishi; - moddiy zaxiralarni inventarizatsiyalash jarayonini avtomatlashtirilishi; - moddiy va axborot oqimlari bilan bo‘ladigan logistik operatsiyalar vaqtini qisqarishi; Savdoda: - moddiy oqimni hisobga olishni yagona tizimini yaratilishi; - tovarlar buyurtmasi va inventarizatsiyasini avtomat-lashtirilishi; xaridorlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqarishi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarning ichki va xorij bozorlarida raqobatbatdoshligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovar raqami xalqaro tizimi doirasida identifikatsiyalash, iste'molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olishni ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 21 sentyabrda “ O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashni joriy qilish to‘g‘risida” 438-sonli qaror qabul qildi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan tovarlari “ EAN” shtrixli kod bilan markalanadigan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini ro‘yxatga olish, tovarlarni xalqaro talablarga muvofiq identifikatsiyalash tizimidan foydalanuvchilar faoliyatini uslubiy boshqarish uchun tovar va xizmatlarni avtomatik tarzda identifikatsiyalash “ EAN UZBEKISTAN” markazi tashkil etilganligi qayd etilgan. Tovar va xizmatlarni avtomatik tarzda identifikatsiyalash “ EAN UZBEKISTAN” markazi EAN International a'zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni raqamlash bo‘yicha yagona tashkilot - EAN International vakili hisoblanadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling