Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Qishloq xo‘jaligi logistikada zaxiralar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
7. Qishloq xo‘jaligi logistikada zaxiralar
7.1. Moddiy zaxira tushunchasi Moddiy zaxira tushunchasi logistikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Tabiatdan olingan xom-ashyo, oxirgi iste'molchiga tayyor mahsulot ko‘rinishida yetib borgunga qadar, harakatlanadi, boshqa materiallar bilan birikadi va ishlab chiqarishda qayota ishlanadi. Moddiy zanjir bo‘ylab harakatlanayotgan xom-ashyo (keyinchalik esa yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ham) u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistik operatsiyaga kirish navbatini kutib to‘xtalib turadi. Moddiy zaxiralar – bu ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida turgan, shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste'moli jarayoniga kirishishni kutayotgan, ishlab chiqarish – texnik maqsadda, aholi iste'molida va boshqalarda ishlatiladigan tovarlardir. Agarda, birlamchi xom-ashyoni aholi iste'moli mollariga aylanishini va uni harakatlanishini ta'minlovchi ishtirokchilarning butun zanjiri yagona mexanik konveyer kabi ishlaganda, kutish vaqtini deyarli nolga tushirish mumkin bo‘lar edi. Ammo hayotda bunday kutishlarsiz bo‘lmaydi. Zaxiralarni yaratish doimo xarajatlar bilan bog‘liq. Zaxiralarni yaratish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan, xarajatlarning asosiy turlarini sanab o‘tamiz: - «muzlatib qo‘yilgan» moliyaviy mablag‘lar; - maxsus jihozlangan xonalarga bo‘lgan xarajatlar; - maxsus xodimlarning ish xaqi; - nosozliklar, o‘g‘irliklarning doimiy xavfi; Zaxiralar mavjudligi – bu xarajatlardir. Ammo zaxiralar yo‘qligi – bu ham xarajat, faqatgina ular turli xildagi yo‘qotishlar ko‘rinishida bo‘ladilar. Zaxiralar yo‘qligi bilan yuzaga keladigan yo‘qotishlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: - ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlardan bo‘lgan yo‘qotishlar; - talab qilingan vaqtda omborda tovar bo‘lmaganidan yuzaga kelgan yo‘qotishlar; - tovarlarning kichik partiyalarini yuqori bahodan sotib olgandan yuzaga kelgan yo‘qotishlar. Zaxiralar mavjudligi muayyan xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ishbilarmonlar ularni yaratishga majburdirlar, chunki zaxiralar yo‘qligi undan kattaroq foydani yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Zaxiralarni ratsional boshqaruvi, zaxiralarga bo‘lgan minimal xarajatlarda, ishlab chiqarish va savdo jarayonining uzluksizligini ta'minlashga imkon beradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling