Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Zaxiralarning asosiy turlari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
7.3. Zaxiralarning asosiy turlari
Ta'kidlab o‘tilganidek, zaxira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalariga tegishlidir. Chunki moddiy oqim xom-ashyo manbaidan so‘nggi iste'molchigacha bo‘lgan «zanjirni» istalgan bo‘g‘inida zaxira ko‘rinishida to‘planishi mumkin. Har bir bo‘g‘indagi zaxiralarni boshqarish esa o‘z xususiyatlariga egadir. Yuqorida tilga olingan «zanjir» bo‘ylab harakatlanish chog‘ida zaxiralarning 2ta asosiy turi yaratiladi (7.1-rasm): - ishlab chiqarish zaxiralari; - tovar zaxiralari; O‘z navbatida ularning har biri ham uchta turga bo‘linadi: - joriy zaxiralar; - ehtiyot zaxiralar; - mavsumiy zaxiralar; Ishlab chiqarish zaxiralari – bu ishlab chiqarish iste'moli uchun mo‘ljallangan, moddiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari korxonalarida mavjud bo‘lgan zaxiralardir. Bu zaxirani yaratishdan maqsad – ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta'minlashdir. Misol tariqasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonasidagi ushbu mahsulotlar zaxirasini keltirish mumkin. Tovar zaxiralari – bu ishlab chiqaruvchi korxonalardagi tayyor mahsulot zaxiralari, va shuningdek yetkazib beruvchidan iste'molchiga qadar bo‘lgan yo‘ldagi zaxiralardir (ulgurji va chakana savdo korxonalaridagi). Tovar zaxiralari o‘z navbatida ishlab chiqarish vositalarining tovar zaxiralari va iste'mol buyumlarining tovar zaxiralariga bo‘linadi. Masalan, traktor ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan qismlar (shina, motor va x.) zaxirasi bu ishlab chiqarish vositalari tovar zaxirasidir. Turli xil sharbatlar, yog‘, sut mahsulotlarining zaxirasi esa bu iste'mol buyumlarining tovar zaxiralariga kiradi. Aytib o‘tilganidek ishlab chiqarish zaxiralari ham joriy, eh mavsumiylarga bo‘linadi. Joriy zaxiralar – ishlab chiqarish va tovar zaxiralarining asosiy qismini tashkil etadi. Zaxiralarning bu kategoriyasi, keyingi yetkazishlargacha bo‘lgan davr ichida ishlab chiqarish yoki savdo jarayonining uzluksizligini hajmi doimo o‘zgarib turadi. Ehtiyot zaxiralari savdo jarayonini uzluksizligini ta'minlash uchun mo‘ljallangandir. quyidagilarni kiritish mumkin: - yetkazishlar davriyligi va kattaligi shartnomadagidan farq qilishi; - materiallar va tovarlarning turli sabablar bilan yo‘lda to‘xtab qolishi; - talabni kutilmagan oshib ketishi; Shunday qilib, ehtiyot zaxiralari yaxshi rivojlanmagan xo‘jalik munosabatlari va noto‘g‘ri bashoratlardan o‘zini asrash uchun yaratiladi. Ehtiyot zaxiralarining hajmi, odatda, o‘zgarmas bo‘ladi. Mavsumiy zaxiralar xususiyatga ega bo‘lganda paydo bo‘ladilar. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tashish uchun ayniqsa muhimdir. Misol tariqasida yig‘im- +ishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligini hisobga olgan holda unga tegishli deyarli barcha zaxiralar mavsumiy deb hisoblanishlari mumkin. Bundan tashqari moddiy zaxiralarning quyidagi turlari mavjud: - o‘tuvchi; - tayyorgarlikli; - nolikvid; - yo‘ldagi zaxiralar va b. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling