Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Zaxira o‘lchamini aniqlash
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2-Rasm. Transport-tayyorlov xarajatlarini buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligi
- 7.3-Rasm. Zaxiralarni saqlashga bo‘lgan xarajatlarni buyurtma o‘lchamiga bog‘liqlig
7.4. Zaxira o‘lchamini aniqlash
1. Buyurtma qilinadigan partiyaning optimal o‘lchamini aniqlash. Zaxiralarni to‘ldirish tizimi tanlangandan so‘ng, buyurtma kattaligini va takrorlanish vaqtini miqdoran aniqlash lozim bo‘ladi. Buyurtmaning optimal kattaligi va chastotasi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: - talab hajmi; - transport-tayyorlov xarajatlari; - zaxirani saqlashga bo‘lgan xarajatlar. Buyurtma o‘lchami oshganda transport-tayyorlov xarajatlari kamayadi, chunki tovarlarni sotib olish va tashish katta partiyalarda, va demak kamroq amalga oshiriladi. Bu bog‘liqlikning grafigi 7.2-rasmda tasvirlangan. 7.2-Rasm. Transport-tayyorlov xarajatlarini buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligi Optimallik mezoni sifatida transport-tayyorlov va saqlashga bo‘lgan xarajatlar summasining minimumi olinadi. Ushbu ikkala xarajatlar ham buyurtma o‘lchamiga bog‘liq, ammo ularning bog‘liqlik darajalari turlicha. Saqlashga bo‘lgan xarajatlar esa buyurtma o‘lchamiga to‘g‘ri proporsionaldir. Bu bog‘liqlikning grafigi 7.3 rasmda keltirilgan. Yuqoridagi ikkita grafikni qo‘shib, transport-tayyorlov va saqlash xarajatlarini buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziqqa ega bo‘lamiz. Ko‘rib turganimizdek bu egri chiziq minimum nuqtasiga ega, aynan shu nuqtada xarajatlar yig‘indisi minimumga teng bo‘ladi. Ushbu nuqtaning abssissasi esa buyurtmaning optimal o‘lchami qiymatini aks ettiradi. 7.3-Rasm. Zaxiralarni saqlashga bo‘lgan xarajatlarni buyurtma o‘lchamiga bog‘liqlig 7.4-Rasm. Transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari summasini buyurtma o‘lchamiga bog‘liqligi S opt. – buyurtmaning optimal o‘lchami. Buyurtmaning optimal o‘lchamini aniqlash masalasi analitik usul bilan ham yechilishi mumkin. Buning uchun transport-tayyorlov va saqlash xarajatlari summasini aks ettiruvchi funksiyani minimumga intilishi shartlarini aniqlash lozim, ya'ni: S um. = S saq. + S tr. min (7.1) bu yerda: S um. – tashish va saqlashga bo‘lgan umumiy xarajatlar; S saq. – zaxirani saqlashga bo‘lgan xarajatlar; S tr. – transport-tayyorlov xarajatlari; Tasavvur qilaylik, aniq bir davr ichidagi aylanma kattaligi Qni tashkil etsin. Bitta buyuriladigan va yetkaziladigan partiyaning o‘lchami S. Oldingi partiya tugab bo‘lgandan so‘nggina keyingisi olib kelinadi. Unda zaxiraning o‘rtacha qiymati S/2 ga teng bo‘ladi. Zaxirani saqlash uchun (M) tarifni kiritamiz. M- T davr ichidagi saqlash xarajatlarini o‘sha davrdagi o‘rtacha zaxira qiymatidagi ulushi bilan o‘lchanadi. Masalan, Mq0,1 bo‘lsa, demak zaxirani saqlash bo‘yicha xarajatlar, uning o‘rtacha qiymatini 10%ni tashkil etadi. Shuningdek, bir birlik tovarni saqlash xarajatlari ham, uning qiymatini 10%ni tashkil etadi. Endi T davr ichida tovarlarni saqlashga bo‘lgan xarajatlarni hisoblash mumkin: (7.2) T davr ichidagi transport-tayyorlov xarajatlarining o‘lchami, buyurtmalar sonini, bitta buyurtmani olib kelish bilan bog‘liq xarajatlarga ko‘paytmasi bilan aniqlanadi. (7.3) bunda: K–bitta buyurtmaga bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlari; Q/S- T davrdagi buyurtmalar miqdori; Olingan ifodalarni joy-joyiga qo‘yib chiqib, olib kelinadigan partiyaning optimal o‘lchamini topamiz. (S opt. ) S um. = S saq. + S tr. min (7.4) S um. , uning S bo‘yicha birinchi hosilasi nolga teng, ikkinchisi esa noldan katta bo‘lgan nuqtada, minimumga erishadi. Birinchi xosilani topamiz: (7.5) (7.6) Maqsadli funksiya hosilasini nolga olib keluvchi Sning qiymatini topamiz: (7.7) bundan (7.8) 2 Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling