Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni
Xizmat ko‘rsatish sifatining mezonlari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
agrologistika
8.3. Xizmat ko‘rsatish sifatining mezonlari
Logistik servis sifatini baholash uchun quyidagi mezonlar qo‘llaniladi: - yetkazish ishonchliligi; - buyurtma qabul qilgandan to tovarlar partiyalarini yetkazishgacha bo‘lgan to‘liq vaqt; - yetkazish egiluvchanligi; - yetkazib beruvchi omborida zaxiralar mavjudligi; - kredit olish imkoniyati, va qator boshqa mezonlar. Bulardan birinchi uchtasini tavsiflab o‘tamiz. yetkazish ishonchliligi. Umumiy holda, ishonchlilik deganda, belgilangan cheklanishlarda o‘z tavsiflarini saqlagan holda berilgan funksiyalarni bajarish qobiliyatini o‘z ichiga olgan, tizimning majmuaviy xususiyati tushuniladi. yetkazish ishonchliligi – bu yetkazib beruvchining belgilangan chegaralarda, shartnomada kelishilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish qobiliyatidir. yetkazish ishonchliligi, yetkazish jarayoni tarkibiga kiruvchi ayrim turdagi ishlarni bajarish muddatlariga rioya qilishning ishonchliligi bilan aniqlanadi. yetkazish ishonchliligiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan bo‘lib, shartnomada ko‘zda tutilgan majburiyatlar (kafolatlar) mavjudligi xizmat qiladi, yetkazish muddatlarini buzganlik uchun javobgarlik aynan shu majburiyatlarda belgilanadi. Buyurtma qabul qilgandan to tovarlar partiyalarini yetkazishgacha bo‘lgan to‘liq vaqt, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - buyurtmani rasmiylashtirish vaqti; - ishlab chiqarish vaqti (agarda buyurilgan tovarlarni ishlab chiqarish lozim bo‘lsa, bu vaqt yetkazish muddatiga qo‘shiladi) - qadoqlash vaqti; - yuklash vaqti; - yetkazish vaqti; Shartnomada ko‘rsatilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish, yuqorida sanab o‘tilgan ushbu muddatning tarkibiy qismlariga qanday rioya qilinishiga bog‘liq. Masalan, tovarni ishlab chiqarishga rejalashtirilgan muddatlarga yoki ekspeditor ta'kidlagan yetkazish muddatlariga rioya qilinmasligi mumkin. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling