Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl [uzsmart.uz]
@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun XXI bob. Kutilmagan qo'ng'iroq Tong saharlab uyg’ondim. Ilgarigi kun tartibim o’tgan hayotimga qo’shilib barbod bo’ldi shekilli. O’rnimdan turmay, qo’shni xonadan eshitilayotgan Elis va Kerining ovoziga quloq tutib yotdim. Qiziq, kundan kunga ularni yaxshi eshitadigan bo’lib boryapman. Nahotki, eshitish qobiliyatim kuchaygan bo’lsa? Bir ozdan keyin zo’rg’a o’rnimdan turib, gandiraklagancha mehmonxonaga chiqdim. Soat tungi ikkilar edi. Ular divanda o’tirishar, Elis hamon chizar, yigit esa tepasida qiziqish bilan qarab turardi. Ular ishga shunchalik berilib ketishgandiki, mening yaqinlashganimni payqashmadi ham. ― U yana nimanidir ko’rdimi? - so’radim sekingina Keridan. ― Ha, izquvar videomagnitofonli qorong’u xonaga qaytdi. Bu safar chiroqni yoqdi. Qog’ozda to’rtburchak shaklidagi kichkina xona chizilgan bo’lib, derazasi janubga qaragan edi. Devorning ikkinchi tomonida kamin, yonida divan va kichkina stol, uning ro’parasida televizor va videomagnitofon turardi. ― Telefon bu tomonda, - shivirladim stol tomonni ko’rsatib. Ikkalasi ham cho’chib menga o’girilishdi. ― Bu oyimning uyi... Elis o’rnidan irg’ib turib telefonga yopishdi. Men esa so’zsiz oyimning xonasiga tikilgancha qoldim. Negadir Keri qizning yoniga shoshilmadi, aksincha menga tomon surilib, sekingina yelkamni silab qo’ydi. Shu zahoti vahimam pasayib, tinchlandim. Elis shunchalik tez gapirardiki, nima deyayotganini tushunib bo’lmasdi. ― Bella! - dedi bir ozdan keyin qiz. Men indamay unga o’girildim. ― Edvard yoningga kelmoqchi. Karlayl ikkalasi seni ma'lum vaqtgacha yashirib turishadi. ― Edvard kelyaptimi? - Bu xabar xuddi zulmatdagi nurdek ko’nglimni yoritdi. ― Birinchi samolyot bilan yo’lga chiqishyapti. Ular bilan aeroportda uchrashamiz, keyin ular seni o’sha yerdan olib uchishadi. ― Oyim-chi? Elis, u oyimni poylab kelgan-ku! - Kerining ta'siri ketdimi, jazavaga tushib qichqirib yubordim. ― Biz Finiksda qolib, oyingni himoya qilamiz. ― Elis, men taslim bo’lishim kerak. Axir meni va yaqinlarimni bir umr himoya qila olmaysizlar-ku! Uning chekinish niyati yo’q. U meni ta'qib qilmayapti, aslida yaqinlarimdan birini topib, qiynoqqa solmoqchi. Elis, agar ota-onamga bir gap bo’lsa, men chidolmayman... ― Biz uni qo’lga olamiz, Bella! - ishontirishga urindi Elis. ― Agar u senga ham jabr qilsa-chi?! - jazavaga tushdim. Elis Keriga ma'noli qarab qo’ydi, shundan keyin tanamda kuchli holsizlik his qildim. Ko’zim o’z-o’zidan yumilib, oyog’imda jon qolmadi. Oxirgi kuchimni to’plab Kerining qo’lini siltab tashladim. ― Uxlashni istamayman! - dedim va shoshib xonadan chiqib ketdim. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun Eshikni qarsillatib yoparkanman, ustimdan qulflab ham qo’ydim. Hech kimni ko’rishni ham gaplashishni ham istamayman! Nazokatli Elis bu gal ortimdan ergashmadi. Salkam uch soat o’rnimda maqsadsiz to’lg’anib yotdim. Nimadir qilishim, bu dahshat qurshovidan bir amallab chiqishim kerak. Miyamga tuzukroq fikr kelmadi. Faqat bitta yo’l bor edi. Lekin u maqsadimga yetgunimcha qancha odam jabr ko’radi? Yaxshi hamki, Edvard tezda yonimga qaytadi. Balki uni ko’rsam, miyamda biror reja tug’ilar. Qo’shni xonada telefon jiringlaganini eshitib qaytib chiqdim, jahl bilan chiqib ketganim uchun xijolat bo’ldim. Umid qilamanki, ular meni to’g’ri tushunishadi. Elis telefonda kim bilandir gaplashar, Keri esa xonada yo’q edi. ― Karlayl bilan Edvard samolyotga chiqishyapti. Soat to’qqizdan qirq besh daqiqa o’tganda Finiksda bo’lishadi. ― Keri qani? ― Mehmonxona to’lovini to’lagani ketdi. ― Ko’chyapmizmi? ― Ha, oyingning uyiga yaqinroq joyga ko’chamiz. Qo’qqisdan yana telefon jiringladi. Hayratlanganiga qaraganda Elis bu qo’ng’iroqni kutmagan. ― Allo? - dedi qiz va menga hayron qaradi. ― Yo’q, hozir chaqiraman, - dedi. Keyin go’shakni uzatib "oying so’rayapti" dedi. Telefondan "Bella, Bella" degan tovush eshitildi. Bolaligimda oyim katta yo’lga chiqib ketsam, xuddi telefonda xabar qoldirganimda qanchalik xotirjam gapirishga harakat qilmay, oyim baribir vahima qilishi tabiiy edi. ― Oyi, xavotirlanmang, - dedim Elisga teskari o’girilib. ― Men yaxshiman. Hozir nima gapligini tushuntirib beraman... - Meni hayratga solib oyim gapimni bo’lmadi. ― Oyi? ― Faqat men aytgan paytda gapirasan! - javob berdi oyimning o’rniga notanish ovoz. Tovush juda chiroyli edi, bunaqasini faqat reklamalarda eshitish mumkin. ― Quloq sol, oyinga ozor bermoqchimasman, faqat buyrug’imni bajarsang bo’lgani! - Qo’rquvdan tildan qolganimni sezib ovoz jimib qoldi. ― Barakalla! Endi mening gaplarimni so’zma-so’z qaytar. Gaping iloji boricha samimiy chiqsin! Marhamat qilib: "oyi, yo’lga chiqishingizga hojat yo’q" degin. Uning aytganini so’zma-so’z qaytardim. ― Bo’lmaydi! - masxara qilib kuldi u. ― Yaxshisi, boshqa xonaga o’t, bemalol gaplashamiz. Oying jabr tortishini istamaysan-ku, to’g’rimi? Yo’l-yo’lakay "oyi, iltimos, gapimga quloq soling" deysan. Tez bo’l, gapir! ― Oyi, iltimos gapimga quloq soling, - dedim titrab. Elisning xavotirli nigohlari ostida boshqa xonaga o’tib, eshikni yopdim. Qo’rquv butun tanamni egallab olganidan tovonimgacha muzlab ketdim. ― Endi yolg’izmisan? Ha yoki yo’q deb javob ber. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Ha. ― Sheriklaring gapingni poylamayotganiga ishonching komilmi? ― Ha. ― Mayli. Unda "oyi, gapimga ishoning" deb ayt. ― Oyi, gapimga ishoning! - buyrug’ini so’zsiz bajardim. ― Hammasi men o’ylagandan ham yaxshiroq ketyapti... Hatto, uzoq kutishimga ham to’g’ri kelmadi-ya!. Oying ham men o’ylagandan ko’ra tezroq keldi. Zo’r-a, to’g’rimi? Vaqtni cho’zishning nima keragi bor? Bo’ladigan ishning tezroq bo’lgani yaxshi. Men nima deyishni bilmay indamadim. ― Endi esa qizaloq, gapimga diqqat bilan quloq sol. Ochig’i, do’stlaring jonimga tegdi. Ulardan qochib qutila olasanmi? Ha yoki yo’q deb javob ber. ― Yo’q. ― Afsus, afsus. Fantaziyang keng deb o’ylagandim. Nahotki, oying uchun harakat qilmasang? Javob ber! Tezroq biror nima o’ylab topishim kerak. Axir aeroportga ketyapmiz-ku! U yerda terminal ham, odam ham ko’p... ― Ha, o’ylab topaman. ― Bu gaping menga ma'qul, - tantana qildi u. ― Albatta, yashirinish oson emas, lekin ortingdan "dum" ergashtirsang, oyingga qiyin bo’ladi! Biz haqimizda yetarli ma'lumotga ega bo’lsang kerak. Vaziyatni boshqarish va oyingni bir yoqlik qilish menga muammo emas! Tushunarlimi? Javob ber! ― Ha, - shivirladim ko’z yoshlarimni yutib. ― Yaxshi, Bella. Demak bunday qilamiz: sen oyingning uyiga borasan, stolda telefon raqamlari yozilgan qog’ozni ko’rasan. Telefonda gaplashganimizdan keyin nima qilish haqida topshiriq olasan. Notanish ovoz meni qayerga chaqirayotganini va bu ishning oxiri nima bilan tugashini sezib turardim. Lekin uning buyrug’ini bajarishdan boshqa choram yo’q edi. ― Tushundingmi? ― Ha. ― Tushgacha qochishga ulgurishing kerak! Kun bo’yi kutishni istamayman. Asosiysi, do’stlaring shubhalanmasligi lozim. Hozir ularga oyim qo’ng’iroq qildi, yonimga kelmoqchi edi, zo’rg’a fikridan qaytardim, deysan. Endi "rahmat, oyi" deb ayt. ― Rahmat, oyi, - ko’z yoshlarim yuzimni yuva boshladi. ― "Men sizni yaxshi ko’raman, tez kunda uchrashamiz" qaytar, bo’l! Shoshib qaytardim. ― Xayr, Bella. Men ham uchrashuvimizni sabrsizlik bilan kutib qolaman, - xayrlashdi notanish. Qo’rquvdan telefonni qulog’imdan tushirishga ham holim qolmadi. Tezroq biror nima o’ylab topmasam bo’lmaydi, qulog’im ostida oyimning dahshat to’la ovozi jaranglagandek bo’ldi... Bir ozdan keyin sekin-asta o’ylash qobiliyatim @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun qaytib, miyamda reja tug’ila boshladi. Aslida reja tuzishga hojat yo’q. Ko’zguli xonaga borish va u yerda o’limni qarshi olishdan boshqa ilojim yo’q edi. Buyrug’ini bajarganim bilan Jeyms onamni tirik qoldirishiga shubham bor. Balki Jeyms Kallenlarni alday olganidan ruhlanib, onamning hayotini saqlab qolar. Afsuski, hozirgi vaziyatda mening emas, uning aytgani bo’ladi... Lekin shunda ham bir urinib ko’raman... Tezroq o’zimni qo’lga olishim, ikkilanmasdan harakatlanishim kerak. Elis bilan Kerining ko’zini shamg’alat qilib qochishning ilojini toparmikanman? Ular mendan ko’z uzishmaydi-ku! Qo’rquvimni ham sezdirmasligim kerak. Aeroportda qanday harakatlanishimni hozirdan puxta rejalashtirib olmasam keyin vaqt bo’lmaydi. Demak, Edvardni so’nggi bora ko’rish ham nasib etmaydi. Tezroq ko’zguli xonaga borishim va o’limni qabul qilishga tayyor turishim kerak. U menga shuncha yaxshilik qildi, men esa hatto xayrlashmay qochib ketyapman! O’zimni bosib qo’shni xonaga chiqdim. Mening rangi ro’yimni ko’rib, Elis qo’rqib ketdi. Miyamda bitta reja aylanardi, uning savollarini kutmay, o’zim boshlashim kerak. ― Oyim xavotirlanyapti, tezroq Finiksga qaytmoqchi. Shoshilmaslikni tayinladim, bilmadim tinchlantirish qo’limdan keldimi, yo’qmi? - poyintar-soyintar nutqimni tugatib, darrov teskari o’girildim. Elis ko’zimdagi tashvishni sezib qolmasinda ishqilib. ― Oyingdan xavotirlanma, unga hech nima bo’lmaydi. ― Elis, oyimga xat yozmoqchiman, uyimizga tashlab qo’ya olasanmi? ― Albatta, - dedi Elis menga shubhalanib qararkan. Keyin yotoqxonaga berkinib xat yoza boshladim: "Edvard! Meni kechir! Oyim uning qo’lida, nima bo’lsada, qutqarishim kerak. Hech bo’lmasa urinib ko’rishim lozim. Iltimos, Elis va Keridan jahling chiqmasin! Agar ularning qo’lidan qocha olsam, mo’jiza bo’lardi. Menga qilgan yaxshiliklari uchun ularga minnatdorchilik bildirib qo’y. Ayniqsa, Elisga. Iltimos, meni qidirma! Izquvar aynan shuni kutib turibdi. Men tufayli kimdir jabr ko’rishini istamayman. Seni qattiq sevib qoluvchi, Bella". Xatni buklab konvertga soldim. Ertami kechmi, xat egasini topadi, deb umid qilaman... Endi esa his-tuyg’ularni bir chetga yig’ishtirib qochish rejasini yaxshilab pishirib olishim kerak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling