Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1840117
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl [uzsmart.uz]

 
 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
XXIII bob. Farishta 
Hushimni yo’qotib xayolimda tubi yo’q quduqqa tushib keta boshladim. Qulog’im 
ostida ham yoqimli, ham dahshatli tovushlar jaranglar. Kutilmaganda qo’limda qattiq 
og’riq his qilib, quduqdan sakrab chiqqandek bo’ldim. Lekin ko’zimni ochishni 
istamadim. Nazarimda bu dunyoni tark etdim shekilli. Chunki quduq tubidan turib 
yuqoridan meni chaqirayotgan farishtaning ovozini elas-elas eshitgandek bo’ldim. 
― Yo’q, Bella, yo’q - o’tinardi farishta. Yoqimli ovoz bilan birga allaqanday 
shovqin, nimalarningdir qasirlab singani, urilgani eshitilardi... Kutilmaganda hammasi 
to’xtadi! Quloqni yorgudek sukunatni farishtaning ovozi buzdi: 
― Bella, iltimos! 
Unga javob bermoqchi bo’ldimu, lekin ovozim chiqmadi. 
― Karlayl! - chorasiz ovozda qichqirdi farishta, keyin esa yig’lab yubordi. ― 
Iltimos, Bella... 
Nahotki, farishtalar ham yig’lasa? Bu yerda nimalar bo’lyapti o’zi? Farishtani 
tinchlantirgim, ovutgim keldi. Lekin oxir suvni yorib chiqa olmadim. Tanamni teshib 
o’tgudek qo’zg’algan og’riq azobidan dodlab, tubsizlik qaridan chiqishga urinardim. 
― Ko’p qon yo’qotibdi, boshidagi yarasi chuqur emas, - dedi xotirjam ovoz. ― 
O’ng oyog’ini ehtiyot qilinglar, singan. 
Farishta ingrab yubordi. 
― Qovurg’alari ham singan shekilli... 
Qo’limning og’rig’i boshqa og’riqlarni bosib ketdi. Menga nima bo’lyapti o’zi? 
― Edvard... - shivirladim. Tilim shishib ketgani uchun aylanmadi. 
― Bella, meni eshityapsanmi? Hammasi yaxshi bo’ladi, men seni yaxshi 
ko’raman, Bella... 
― Edvard, - dedim bor kuchimni to’plab. Nihoyat meni eshitishdi. 
― Men shu yerdaman, Bella, gapir. 
Jonim qattiq og’riyapti... 
― Bilaman, Bella, bilaman! - tinchlantirdi Edvard. ― Nahotki hech nima qilib 
bo’lmasa? - so’radi kimdandir. 
― Elis, chemodanim qani? - dedi xotirjam ovoz. 
Elis ham shu yerdami, degan savol o’tdi miyamdan. 
― Elis seni topishda yordam berdi, - degan javob eshitildi tepamdan. ― Xavotir 
olma, Karlayl senga yordam beradi. 
― Qo’lim kuyyapti, qattiq og’riyapti, - qichqirdim zulmat orasini yorib chiqib. 
Nega qo’limdagi olovni o’chirishmayapti axir? 
Olovni o’chiringlar, qo’lim yonyapti. 
― Qo’lidan tishlabdi, - ovoz endi xotirjam emasdi. - Edvard dahshatdan tildan 
qoldi. ― Bir qarorga kelishing kerak, - allaqayerdan Elisning ovozi eshitildi. 
― Yo’q! - o’kirib yubordi Edvard. 
― Hali qutqarib qolishimiz mumkin... 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
― Qanday qilib? - yig’lamsirab so’radi Edvard. 
― Jarohatdagi zaharni so’rib tashlash kerak, - maslahat berdi Karlayl. 
― Bu yordam beradimi? - cho’chib so’radi Elis. 
― Bilmadim... - ikkilandi Karlayl. ― Nima bo’lganda ham shoshilish kerak. 
― Karlayl men... - esankiradi Edvard. ― Bilmadim, irodam yetadimi... - men 
uchun hayot manbai bo’lgan ovoz dardga to’la edi. 
― O’zing bilasan. Bu yerda men senga yordam bera olmayman. Agar zaharni 
so’rib tashlamoqchi bo’lsang, qonni to’xtatish kerak. 
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi, [06.11.18 20:01] 
Og’riqdan qovjiraganim sayin oyog’im battar og’riq berardi. 
― Edvard! - chinqirdim, ko’zlarim yumilib ketayotganini his qilib. Endi uning 
yuzini qaytib ko’rmasam kerak. Quduqqa qayta tushib ketmaslik uchun nima qilsam 
ekan? 
― Elis oyog’ini bog’la, - buyurdi ovoz. ― Edvard tezroq bo’l, bo’lmasa kech 
bo’ladi. 
Men sevgan chehra alam va og’riqdan burishdi keyin uning ko’zlarida qatiyat 
chaqnadi. Muzdek qo’llar qo’limdan mahkam tutib, lablari yaramga yopishdi... 
Og’riq battarroq kuchaygani sabab men o’zimni to’rt tomonga urib, qichqirardim, 
lekin Edvardning kuchli qo’llaridan chiqib keta olmasdim. Boshimni Karlayl mahkam 
ushlab turar, Elis esa oyoqlarimga yopishgandi. Qo’lim muzlab, yerga yopishib 
qolgandek bo’ldi. Nihoyat kuydirayotgan og’riq to’xtadi yoki yana hushimdan 
ketdimmi? 
Edvardni chaqirdim, lekin ovozim o’zimga eshitilmadi. 
― U shu yerda, Bella. 
― Meni tashlab ketma... 
― Hech qayerga ketmayman, - dedi u horg’in. Shundan keyin qo’limdagi olov 
kuydirishdan to’xtadi, og’riq ham pasayib uyquga keta boshladim. 
― Bo’ldimi? - uzoqlardan Karlaylning ovozi eshitildi. 
Menimcha bo’ldi, - shivirladi Edvard. ― Yarasida zahar bor ekan... Endi qoni 
toza. 
― Bella? - chaqirdi doktor Kallen. 
Men eshityapman degandek ingrab qo’ydim. 
― Kuydirmayaptimi? 
― Yo’q, rahmat Edvard! 
― Men seni yaxshi ko’raman. 
― Bilaman, - dedim xo’rsinib. Uning sekingina kulgani eshitildi. 
Bir ozdan keyin doktor Kallen yana chaqirdi: 
― Oying qayerda, Bella? - so’radi u. 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
― Floridada. Jeyms meni aldabdi. Eski kassetalarni qo’yib eshittirgan ekan... - 
Kutilmaganda xotiram tiklangandek bo’ldi va tipirchiladim: ― Elis... Jeyms o’tgan 
hayotingda kim bo’lganingi bilarkan!.. 
― Uni olib ketish kerak! - buyurdi Karlayl gapimni bo’lib. 
― Yo’q, uxlagim kelmayapti. 
Uxla azizam, o’zim seni ko’tarib olib ketaman - dedi Edvard va ehtiyotlab 
ko’tardi. Og’riq qayoqqadir yo’qolgandek bo’ldi. ― Uxla, Bella, uxla, - dedi u 
allalagandek mayin ovozda. O’z-o’zidan ko’zim uyquga ketdi... 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling