Microsoft Word А4 син ва узгар doc
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
50 Parallel qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi va normal rejimdagi xarakteristikalari Parallel qo‘zg‘atishli generatorlarning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi (demak, qo‘zg‘atish uchun alohida O‘T manbai talab qilinmasligi) hamda normal yuklamada turg‘un kuchlanish berishi sababli ular amalda keng qo‘llaniladi. Salt ishlash xarakteristikasi. Bunday generatorning SIX, mustaqil qo‘zg‘atishli O‘T generatorinikiga o‘xshagan bo‘lib, yuklama toki I a 0 va yakorning aylanish chastotasi n N const bo‘lganda, U 0 =f (I qoz ) bog‘liqlikni ifodalaydi. Parallel qo‘zg‘atishli generatorning, salt ishlashida I a I qoz bo‘ladi (mustaqil qo‘zg‘atishlida esa yakor toki I a 0). Qo‘zg‘atish toki I qoz , odatda, yakor zanjiri nominal toki I aN ning (24) foizini tashkil qilgani uchun, O‘T generatori kuchlanishi muvozanat tenglamasi (2.1)da kuchlanish pasayishlari (I a R a va U ch ) kichikligidan ularni e’tiborga olmasdan, U 0 E 0 deb hisoblasa bo‘ladi. Parallel qo‘zg‘atishli generatorning SIX ni tajriba yo‘li bilan, kuchlanish U 0 va qo‘zg‘atish toki I qoz larning faqat musbat qiymatlari uchun aniqlab olish mumkin, chunki qo‘zg‘atish tokining ishorasini o‘zgartirganda, generatorning kuchlanishi U 0 o‘zining 0 qiymati orqali o‘tadi va, buning natijasida, mashina magnit zanjirining po‘lat qismlaridagi qoldiq magnit oqimi yo‘qoladi va mashina o‘z-o‘zini qayta qo‘zg‘atish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling