Microsoft Word А4 син ва узгар doc
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.7-rasm. Yakorining aylanish chastotasi
Parallel qo‘zg‘atishli generatorning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni.
Zavod sinovidan o‘tgan har qanday O‘T mashinasi magnit zanjirining po‘lat qismlarida qoldiq magnit oqimi Ф qol mavjud bo‘ladi. Agar shunday magnit oqimi mashinada bo‘lmasa, uni hosil qilish uchun tashqi O‘T manbaini qo‘zg‘atish chulg‘amiga ulab qisqa muddatli tok o‘tkazish kerak bo‘ladi. 6.7-rasm. Yakorining aylanish chastotasi n=const bo‘lganda, parallеl qo‘zg‘atishli gеnеratorning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayonini tushuntirishga oid chizma * * 51 Agar yakor birlamchi motor yordamida aylantirilsa, uning chulg‘amida F qol ta’sirida, dastlab kam miqdorda EYK (E qol ) hosil bo‘lib, uning ta’sirida «yakor chulg‘ami–qo‘zg‘atish chulg‘ami» yopiq zanjirida kam miqdorda tok vujudga keladi. Bu tok, o‘z navbatida, qo‘zg‘atish chulg‘amida MYK F qoz ni hosil qilib, uning ta’sirida qo‘shimcha magnit oqimi Ф qoz. hosil bo‘ladi. Mashina o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish uchun bu oqimning Ф qol ga nisbatan yo‘nalishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar bu oqimlarning yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘lsa, mashinaning magnit zanjiri magnitsizlanadi va o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni boshlanishga imkon bo‘lmaydi. Bu oqimlar mos yo‘nalgandagina qo‘zg‘atish oqimining natijaviy qiymati osha boradi. Bu esa yakor chulg‘amidagi EYK ning ko‘payishiga, demak, qo‘zg‘atish toki I qoz va oqimi Ф qoz larning oshishiga hamda yakor chulg‘ami EYK ning navbatdagi oshishiga olib keladi va hokazo. Agar r qoz const bo‘lsa, qo‘zg‘atish zanjiridagi kuchlanish pasayishi (I qoz r qoz ) qo‘zg‘atish tokiga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgaradi (6.7-rasm, 1). Bu to‘g‘ri chiziq lar o‘qi bilan burchak hosil qilib o‘tadi. Bu burchakni uning tangensi orqali qo‘yidagicha aniqlanadi: tg (m u m I )AB OB (m u m I )(I qoz r qoz ) I qoz r qoz . (6.3) Demak, mashina salt ishlashida o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayonining tugagan nuqtasi «A» va koordinatalar boshi 0 orqali o‘tgan to‘g‘ri chiziqning abstsissalar o‘qiga nisbatan qiyalik burchagi qo‘zg‘atish zanjirining qarshiligi r qoz ga to‘g‘ri mutanosibda bo‘lar ekan. r qoz ning ortishi bilan 6.7-rasmdagi A nuqta SIX egri chizig‘i bo‘yicha 0 nuqta tomon siljiydi. r qoz ning 1-to‘g‘ri chiziqqa to‘g‘ri kelgan qiymatidan katta bo‘lgan qandaydir qiymatda to‘g‘ri chiziq SIX egri chizig‘ining boshlang‘ich qismiga urinma (6.7-rasm, 3) bo‘ladi. Qarshilikning ana shu qiymatiga kritik qarshilik (r qoz.kr ) deyiladi. Bunda generator o‘z-o‘zini qo‘zg‘ata olmaydi. Agar qo‘zg‘atish zanjiri parametrlari r qoz < . r qoz.kr bo‘ladigan qilib tanlangan bo‘lsa, unda «A» nuqtada o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayonining turg‘unligi ta’minlanadi. O‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayonining «A» nuqta bilan cheklanishi magnit zanjirining to‘yinishi hodisasi tufayli bo‘ladi. Demak, parallel qo‘zg‘atishli O‘T generatori o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak ekan: 1) qoldiq magnit oqimi Ф qol ning mavjud bo‘lishi; 2) qo‘shimcha magnit oqimi Ф qosh qoldiq magnit oqimi Ф qol bilan bir xil yo‘nalishda bo‘lishi; 3) qo‘zg‘atish 52 zanjirining qarshiligi r qoz kritik qarshilik r qoz.kr dan kichik bo‘lishi (r qoz r qoz. kr ). Bu shartlar nconst (nn kr ) bo‘lgandagi parallel qo‘zg‘atishli O‘T generatori o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishining asosiy shartlari hisoblanadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling