Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 121-bob. Tobut ko’taruvchilar nima qiladi
www.ziyouz.com kutubxonasi
113 va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dahu», deb aytdilar. (Ma’nosi yuqorida o’tdi.) Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja rivoyatlari 413/4. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Agar mayyitga namoz o’qisanglar, u uchun duoni xolis qilinglar», deb aytganlarini eshitdim». Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari 414/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza namozida: «Allohumma anta robbuha va anta xolaqtaha va anta hadaytaha lil islam va anta qobazta ruhaha va anta a’lamu bisirriha va ‘alaniyyatiha ji’na shufa’a fag’firlahu», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen uning rabbisan, Sen uni xalq qilding, Islomga hidoyat etding va ruhini olding. Sen uning sirini va oshkorasini biluvchi zotsan. Biz unga shafe’ bo’lib keldik, uning gunohlarini kechir.) Abu Dovud rivoyatlari 415/6. Vosila ibn Asqa’ (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir musulmon kishining janozasida quyidagi duoni o’qidilar: «Allohumma inna Fulan ibn Fulan fiy zimmatika va habli jivarika faqihi fitnatal qobri va ‘azaban nari va anta ahlul vafa val hamd. Allohumma fag’fir lahu varhamhu innaka antal g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: Allohim, falonchining o’g’li falonchi Sening zimmangda va himoyangdadir. Uni qabr fitnasi va do’zax azobidan saqla. Sen vafo va hamd ahlisan. Ey Rabbim, uni mag’firat qil, rahm ayla, Albatta, Sen kechiruvchi va rahmli zotsan.) Abu Dovud va Ibn Mojalar rivoyati 121-bob. Tobut ko’taruvchilar nima qiladi? Tobut qabristonga olib ketilayotgan paytda Allohning zikri bilan mashg’ul bo’lish, shuningdek, mayyitning oqibati, qaerga ketayotgani haqida fikr yuritish, foydasiz so’zlardan tiyilish lozim. Chunki bu vaqt g’ofillik, befoyda so’zlar so’ylash mavridi emas. Aslida-ku, foydasiz so’zlar hech bir joyda gapirilmasligi kerak. Xususan, janoza mahali umuman mumkin emas. Bunda eng to’g’ri ish, salaf olimlari ta’kidlaganlaridek, sukut saqlash, zikr, qiroat va duolarni ovozni balandlatmasdan aytishdir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling