to‘g‘risida
Alloh taolo Al-Isro surasining 36-oyatida: «(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan
narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil - bularning barchasi to‘g‘risida (har
bir inson) mas’ul bo‘lur», deb aytgan.
909/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kishilar orasida ikki toifa borki, ularda kufrlik bor: biri nasabni haqorat qilish, ikkinchisi
o‘lganga yig‘lash», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
324-bob Faxrlanishdan qaytarish haqida
Alloh taolo Van-najm surasining 32-oyatida: «Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay
ko‘ya qolinglar! U taqvodor bo‘lgan kishilarni ham juda yaxshi bilguvchidir»,
deb aytgan.
910/1. Iyoz ibn Himordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta Alloh taolo menga tavozu’li bo‘lmoqni va biror kishi boshqa biror kishiga jabr
qilmasligini hamda faxrlanmaslikni vahiy qildi», dedilar. Imom Muslim va Abu Dovudlar
rivoyati.
325-bob Musulmonga ichqoralik qilishdan qaytarish to‘g‘risida
911/1. Vosila ibn Asqa’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Birodaringga ichqoralik qilma! Bordi-yu shunday qiladigan bo‘lsang, Alloh unga rahm
qilib, seni tashvishga solib qo‘yadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
326-bob Musulmonlarni mensimay, ularni masxara qilishning haromligi haqida
Alloh taolo Tavba surasining 79-oyatida: «Mo‘minlar orasidan o‘z xohishi bilan
sadaqotlar qiluvchi kishilarni va (infoq-ehson qilish uchun) kuchlari yetgan
narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh
masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir», deb aytgan. Va yana Alloh taolo
Hujurot surasining 11-oyatida: «Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm
(boshqa) bir (mo‘min) qavmdan masxara qilib kulmasin - ehtimolki, (o‘sha
Do'stlaringiz bilan baham: |