Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman»
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 MUALLIF MUQADDIMASI «Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilinglar va Meni inkor etmanglar!» (Baqara, 152-oyat). Qahhor va aziz, gunohlarni mag’firat etuvchi, qadarlarni o’lchovchi, ishlarni tasarruf qiluvchi, qalbi uyg’oq, ko’zi ochiq kishilar tafakkur qilishlari uchun kechani kunduzga alishtiruvchi yagona Allohga hamd bo’lsin. U ba’zi bandalarini uyg’oq qilib, yaxshilar jumlasiga kiritdi, ba’zilarini tanlab oldi va o’ziga muqarrab-yaqin bandalaridan qildi. Bu bandalar Uning roziligi uchun bor kuchlarini sarflaydilar va oxiratga tayyorgarlik ko’radilar, Uning g’azabini keltiradigan narsalardan chetlanib, do’zax azobiga tushib qolishdan ehtiyot bo’ladilar, hamisha Uning toati va zikrida yuradilar. Bandalarining qalblariga nur bergan Allohga hamd aytaman. Fazlu karamining bundan-da ziyoda bo’lishini so’rab qolaman. Aziym, vohid, samad, aziz, hakim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’qligiga, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning bandasi va rasuli, tanlab olgan do’sti va habibi, yaratganlarining eng afzali, o’tgandagi va kelgusidagi kishilarning eng hurmatlisi ekaniga iymon keltiraman. Bu zotga va boshqa payg’ambarlarga, barchalarining oilalariga hamda boshqa solih kishilarga Allohdan salovot va salomlar bo’lsin. Alloh taolo Baqara surasining 152-oyatida: «Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman», Zariyat surasining 56-oyatida: «Jin va insni faqat o’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim», deydi. Bu oyatlardan banda uchun eng afzal ish olamlar Rabbini yod etish va payg’ambarlarning sayyidi Rasulullohdan vorid bo’lgan zikrlar bilan mashg’ul bo’lish ekani bilinadi. Ulamolar kechayu kunduzdagi amallar, ularda o’qiladigan duo va zikrlar to’g’risida ko’plab kitoblar tasnif etishgan. Lekin ularda zikrlarning sanadi uzun va takror-takror kelgan. Tabiiyki, bu hol o’quvchining qiziqishini bir oz susaytiradi. Shuning uchun bu borada yengil, ravon o’qiladigan risola tasnif etishni qasd qildim va ko’p sanadlarni tushirib yubordim. Chunki maqsad sanadlarni bilish emas, balki zikrlarni o’rganish va unga amal qilishdir. Ammo bu sanadlar o’rnini muhimroq narsalar bilan to’ldirdim. Ya’ni, hadislarning holatini – sahih, hasan, zaif... ekanini bayon etdim. Chunki oz sonli muhaddislarni hisobga olmaganda, ko’pchilik bu narsani bilishga muhtojdir. Bu kitobga hadis ilmidan nafis jumlalarni, fiqhning nozik tomonlarini, qoidalarning ahamiyatli o’rinlarini, nafs tarbiyasiga taalluqli matnlarni, soliklar bilishi ta’kidlangan odoblarni qo’shib qo’ydim. Xullasi kalom, avomu olimlar yengil fahmlashlari uchun nima lozim bo’lsa, shuni zikr qildim. Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim (biror kishini) hidoyatga chaqirsa, hidoyatga ergashgan kishining ajridan biror narsa kamaytirilmasdan, uning ajricha ajr oladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari Men ham oson yo’llarni bayon qilish bilan yaxshilik ahllariga yordam berishni xohladim. Kitobning avvalida hammamiz muhtoj bo’lgan muhim bir Faslni zikr qildim. Agar uncha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling